So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  0 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  41 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

"Iftixor" bir yilda qanday natijalarga erishdi? Jamoaning rejalari qanday? Yangiliklar

"Iftixor" bir yilda qanday natijalarga erishdi? Jamoaning rejalari qanday?

Teglar :  OltiariqIftixor
Yangi tashkil topgan futbol klubi birinchi mavsumdayoq ulkan natijalarga erishishiga har doim ham guvoh bo'lavermaymiz.

Lekin, bir yildayoq o'zi ishtirok etgan musobaqalarda g'alaba qozonib, yuqori ligalarga yo'l olgan jamoalar ham yo'q emas. 2017 yil boshida katta marralarni ko'zlab, Oltiariq tumanida “Iftixor” futbol klubi o'z faoliyatini boshlagandi. Ahrorjon Ergashev rahbarlik qilayotgan mazkur futbol Klubi o'tgan davr mobaynida yaxshi natijalarga erishdi.

Bugungi maqolamizda “Iftixor” jamoasi xususida so'z yuritamiz.

IQTIDORLAR MAKONI

Tan olish lozim, Oltiariq futboli o'zining boy tarixiga ega. Ushbu tumandan buyuk futbolchilar etishib chiqqan. Bu erda yangi istedodlar ko'p. Xitoyda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Oltiariq tumanidan ikki nafar futbolchi borligi ham so'zimizni isboti bo'la oladi.  Doston Tursunov va Husniddin G'ofurovlar aynan Oltiariq futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

SHuningdek, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida to'p surayotgan Sardor Mirzaev ham Oltiariq farzandi sanaladi.

Oltiariq futboli tarbiyalanuvchilari  — Aleksandr Pisarev, Nodirbek Qo'ziboev, Husniddin G'ofurov, Said Abdujabborov, Xasanboy Ergashev, Oybek Axmatov, Ibroxim Nomonov, Oyatulloxon Muhiddinovlar ham bugungi o'zbek futbolining rivoji uchun o'zlaring munosib hissalarini qo'shishgan va qo'shib kelishmoqda.

Mana shunday yulduz futbolchilarni tarbiyalagan va iqtidorlar makoni deya tariflangan Oltiariqda futbol jamoasi yo'q edi. Nihoyat, futbol muxlislarning orzusi ushaldi. Yuqorida aytganimizdek, 2017 yildan etiboran Oltiariqqa millionlar uyini bulgan katta futbol qaytdi.

Ushbu tumanga katta futbolning qaytishida “Iftixor” klubi rahbariyati bilan elkama- elka turgan Oltiarik xalqining ham hissasi katta bo'ldi.

— Malumki, bugun mamlakatmizda sportga, xususan, futbolga katta etibor qaratilmoqda, — deb so'z boshladi klub rahbari. —  Muhtaram Prezidenitimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning O'zbek futbolini yuqori darajaga olib chiqish yo'lidagi harakatlarini ko'rib jim qarab o'tirib bo'lmaydi. Biz ham yurtimiz futboli rivojiga o'zimizning munosib hassamizni qo'shish maksadida, yaxshi niyatlar bilan ish boshladik.

O'tgan yil boshida bizning tashabbusimizni tumanimiz raxbariyati, shaxsan tuman hokimi Xolmirza Niyozovning uzlari qo'llab-quvvatlaganini alohida takidlash lozim. Natijada “Iftixor” futbol klubini tashkil etish borasida maxsus Qaror qabul qilindi.

“Iftixor” futbol klubi kelajakda yurtimiz sharafini jahon arenalarida munosib himoya qiladigan yosh futbolchilarni tarbiyalab, mamlakatimizning barcha yoshdagi Bosh jamoalariga munosib kadrlarni etkazib berishni maqsad qilgan.

Qolaversa, “Iftixor” klubi rahbariyatining asosiy maqsadlaridan yana biri shundaki, jamoa o'z uyinlari va erishayotgan natijalari orqali yon atrofdagi barcha yoshlarni, asosan uyushmagan yoshlarni o'z atrofiga birlashtirib, ularni bugungi kunda Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan yuksak etibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlardan to'g'ri va oqilona foydalanishlariga erishishdir. Bu borada «Iftixor» jamoasi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi bilan faol hamkorlik kilmokda. Natijada yoshlarimizni yot g'oyalardan asrash, ularni mehnat orqali katta yutuqlarga erishish mumkinligiga ishontirish borasida ham keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirib borilmoqda. Klub rahbariyati hududlardagi cheka-chekka qishloqlarda istiqomat qiluvchi iqtidorlarni kashf etish, chegaradosh tumanlardagi  iqtidorli yoshlarni izlab topishga jiddiy etibor qaratmoqda. Bu yunalishda Klub kam taminlangan, boquvchisini yuqotgan hamda yot g'oyalar tasiri bilan chalgigan yoshlarni o'z tarkibiga olib, ularning iqtidorlarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashmoqda.


QISQA FURSATDAGI NATIJALAR

Tashkil topganiga endi bir yildan oshiq vaqt bo'lgan bo'lsa-da, jamoa qisqa fursat ichida ulkan natijalarga erishdi. “Iftixor” avvaliga Farg'ona viloyati birinchiligida ishtirok etib, 22 jamoa orasiga Viloyat chempionligini qo'lga kiritdi.

Ushbu musobaqa davomida oltiariqliklar deyarli mag'lubiyatga uchrashmadi. O'z maydonidagi o'yinlarda esa Oltiariklik futbol ishkibozlarini xursand kilish maqsadida, chiroyli va gollarga boy uyin namoyish etib borishdi. Gapimizni isboti o'larok, «Iftixor» jamoasining to'purari, O.Muhiddinov  CHempionat davomida rakib jamoalari darvozasiga 58 bor gol kiritib, chempionatning sermahsul o'yinchisi bo'ldi.

Jamoa viloyat kubogi bahslarida ham munosib ishtirok etib, finalga qadar etib bordi. Bu hali boshlanishi edi.

“Iftixor” jamoasi yaqinda Fargona Viloyat futbol federaciyasi tomonidan yangi formatdagi Super va Pro-liga vakillari o'rtasida o'tkazilgan ananaviy “Viloyat hokim kubogi-2018” xalkaro musobakasida o'tgan mavsumdagi «Viloyat chempioni» (2-liga) sifatida ishtirok etib, qo'lga kiritilgan CHempionlik tasodif emasligini Farg'onalik futbol ishqibozlariga yana bir bor isbotlashdi. Turnir davomida Kamol Jo'nashev va Nodir Qo'ziboev boshchilik qilgan «Iftixor» o'z guruhida birinchi o'rinni egallab, yakunda finalga qadar etib bordi. Bu yo'lda ular etakchi klublarni dog'da qoldirishdi. Hal qiluvchi bahsda esa, Namanganning “Navbahor” jamoasiga yutqazib qo'yishdi. Jamoa final urchshuvida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, nomdor raqib bilan tengma-teng o'ynaganini alohida takidlash joiz.

Aytgancha, jamoa olib borayotgan selekciya ishlari xam alo darajada yo'lga qo'yilgan. O'tgan yili “Iftixor” jamoasining to'rt nafar azosi Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga qabul qilindi. Bular darvozabon X.Muhammadov, himoyachi N.Salimov, yarim himoyachi YU.Topvoldiev va B.Ergashevlardir.

Bu futbolchilar 2017 yilda Qozog'iston o'tkazilgan “Prezident Kubogi-2017” xalqaro turnirida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sharafini munosib himoya qilib, faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritib, bronza medali sohibiga aylanishdi.

Bundan tashqari, bu yosh futbolchilar Saudiya Arabistonida o'tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etib qaytishdi.

Bir yil ichida bunday natijaga erishish oson emasligini unutmaslik lozim.
 

ULKAN REJALAR

Har bir sohada ish boshlagan kishi o'z oldiga faqat ulkan rejalarni qo'yadi. Ayniqsa, futbolda yuksak maqsadsiz ko'zlangan manzilga etib borish amri mahol. Buni yaxshi anglagan “Iftixor” klubi rahbarlari ulkan rejalar asosida ish olib borishmoqda.

— Biz bitta futbol klubi bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz, — deydi A.Ergashev — Yaqin orada o'zimizning akademiyamizni tashkil etishni rejalashtirganmiz. Asosiy maqsadimiz – O'zbekiston terma jamoalariga munosib bo'lgan yosh futbolchilarni etkazib berish. Buning uchun o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan, bir paytlar O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori bo'lgan Nodirek Qo'ziboevni murabbiy sifatida tanladik. Nodirbek o'zining bilim va malakalarini Oltiariq futbolini yuksaltirish orqali, mamlakatimizda futbolni rivojlanishi uchun sarflashiga shubha qilmayman.

O'FA prezidenti Achilboy Ramatov, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovlarning futbolimiz rivoji uchun qilinayotgan saiy-harakatlaridan ruhlanib, biz ham o'z akademiyamizga ega bo'lishni maqsad qilib qo'yganmiz. Buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solishga harakat qilamiz. Nima uchun kelajakda «Iftixor» futbol klubi tarbiyalanuvchilari dunyoning kuchli klublarida to'p surmasliklari kerak? Yosh iktidorlar orzularini ruyobga chiqishishi uchun biz bugundan harakat qilishimiz darkor.

Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, “Kelajak bugundan boshlanadi”. Biz ham ushbu shiorga amal qilgan holda eng shimarib ishga kirishdik.


XULOSA O'RNIDA

Izlanuvchan, Yurt ravnaqi yo'lida tinib-tinichimay mehnat qilayotgan “Iftixor” klubi rahbariyati yuqorida tilga olganimizdek, ulkan rejalar asosida ish boshlashgan.

Tan olish kerak, O'zbekistonning nomdor jamoalari muxlislar borasida maqnata olmaydigan bir paytda “Iftixor” klubi kiska davr ichida minglab ishqibozlarning mehrini qozonishga erishdi. Oltiariq xalqi katta futbolni sog'ingan. Ular har bir uchrashuvda stadionni to'ldirib, jamoalarini qo'llab-quvvatlab turishlari kishining havasini keltiradi.

Bir yilda mana shunday kuchli jamoani shakllantirishning, ulkan natijalarga erishishning, futbol ishqibozlarining ko'nglidan joy olishning o'zi bo'lmaydi. Buning zamirida tinimsiz mehnatlar yotibdi.

Jamoaning keyingi faoliyatida omad tilab qolamiz va bundan-da ulkan natijalarini qayd etishiga ishonamiz. Olg'a, “Iftixor”.

Abror DEHQONOV

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика