So’nggi yangiliklar

20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:45Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляциялари)  3 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  3 19:09"Страсбур" "Челси" футболчисини ижарага олди  1 18:45Расман: "Фулхэм" "Арсенал" футболчисини харид қилди  0 17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  2 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  2 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  2 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  3

Idish yuvib katta bo'lgan Ektor Kuper Yangiliklar

Idish yuvib katta bo'lgan Ektor Kuper

O'zbekiston terma jamoasiga argentinalik mashhur murabbiy Ektor Kuper bosh murabbiy tayinlanishi kutilmoqda.

Biz saytimiz o'quvchilariga ushbu murabbiyning hayot yo'li haqida malumot berishga qaror qildik.


Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Jahon chempionatidan oldin diniy qiyinchilikka duch keldi. Misr terma jamoasi mundialdagi ilk uchrashuvni 15 iyun kuni Urugvayga qarshi o'tkazdi. Bu yil musulmonlar uchun muqaddas sanalgan Ramazon oyi ushbu o'yin boshlanishiga 24 soat qolganiga yakuniga etdi. «Kun bo'yi hech nima emagan va suv ichmagan futbolchilarni qanday qilib shug'ullantirishim mumkin?» – degandi bosh murabbiy The Independent nashriga.

Ammo Ektor Kuperning oilasi bundan ham og'ir qiyinchliklarga duch kelgan. Uning buvasining dadasi angliyalik edi va o'z baxtini topish uchun Argentinaga ko'chib ketib fermerlik qila boshlagandi; Aslida uning familiyasi "Cooper" bo'lgan, argentinaliklar uni "Cuper" deb o'zgartirib yuborishgan. Ektorning onasi uni dunyoga keltirgach, bir necha oydan vafot etgan. Otasi oilani boqish uchun kun bo'yi dalada ishlardi. Uni buvisi tarbiyalagan. «Aynan buvim menga hayotda o'qish, tartib, rejimga amal qilish va vadalarni bajarishni o'rgatgan. Buvim xatto kambag'al bo'lsang ham tartib birinchi o'rinda bo'lishi kerak deb ko'p bor takrorlardi. Ayniqsa, sen kambag'al bo'lsang», – deydi Kuper «Sport-ekspress» nashriga.



Uyda issiq suv yo'q edi – Kuper hozirgacha sovuq suvda yuvinishni maqul ko'radi. O'yinchoqlardan bitta mashina va futbol to'pi bo'lgan. Ektor oilasiga yordam berish uchun maktabni tashlashga majbur bo'lgan, qolgan barcha bo'sh vaqtini futbolga sarflar edi. CHabas shaharchasidagi "Atletiko Urakan De CHabas" klubida tajriba to'plagach, Buenos-Ayresga ketgandi. Bir oy davomida turli klublarda ko'rikda bo'lgan, nihoyat uni "Ferrokaril Oeste" klubi o'z safiga qo'shib olgandi. Faqat futbol o'ynagani uchun unga pul to'lashmas edi. Ertalab Kuper restoranda idish yuvardi, keyin mashg'ulotga oshiqar edi. Uni ishdan bo'shatishgach, ochdan o'lishini tushunib etib yana CHabasga qaytishga taraddud ko'ra boshlaydi. Uning futbolchilik faoliyati mana shu tariqa boshlangan: klub direktori kelajagi porloq bo'lgan himoyachidan ayrilishni istamay, Ektorga stipendiya tayinlagan, uch mahal ovqat va umumiy yashash joyidan bir xona bergandi.

Kuperning butun futbolchilik faoliyati Argentinada o'tgan – u "Independente Rivadaviya", "Atletiko Urakan" va "Ferrokaril Oeste" klublarida o'ynagan. "Ferrokaril Oeste" safida ikki bor Argentina chempionligiga erishgan. Besh bor mamlakat terma jamoasida maydonga tushgan.

1993 yil. Kuper murabbiylik faoliyatini boshladi va u futbolchilikdan ko'ra muvaffaqiyatli chiqdi: 1998 yilda Ispaniyaning "Malorka" klubi Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi, keyingi yil xuddi shu sovringa Kuper "Valensiya" bilan birga ega chiqdi. O'sha 1999 yilda Kuperni Ispaniyada "Yil murabbiy" deb topishgan.


Ammo 62 yoshli mutaxassisning faoliyatida so'nggi pallada mag'lub bo'lish holati ko'p bor uchragan. 1998 yil "Malorka" Ispaniya kubogi finalida "Barcelona"ga yutqazgan.

1999 yil kubok egalari kubogi finalida "Malroka" Italiyaning "Lacio" klubiga yutqazib qo'ygan. "Valensiya" Kuper boshchiligida ketma-ket ikki yil Evropa chempionlar ligasi finaliga chiqqan va ikkala safar ham mag'lub bo'lgan. 2000 yil "Real"ga, keyingi yil "Bavariya"ga penaltilar seriyasida.

2002 yil,  5 may. "Lacio" yana bir bor Kuperni "oyog'idan chaldi": Argentinalik murabbiy "Inter"da ishlayotgandi, agar "Lacio" mag'lub etilsa 1989 yildan buyon ilk bor "Inter" Italiya chempioni bo'lar edi. Ammo o'sha bahsda "Lacio" 4:2 hisobida zafar quchgan, "Yuventus" chempionlikni ilib ketgandi.

Xatto Misr terma jamoasi bilan ham mana shunday omadsizlik Kuperni tark etmadi: 2017 yilgi Afrika millatlar kubogi finalida Misr Kamerunga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan edi.


Xorij saytlaridan Narzulla tarjima qildi

Reyting: +100   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика