So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  11 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Ibrohimhalil Yo'ldoshev: "Bunyodkor"da o'yin amaliyotiga ega bo'layotganim Osiyo chempionati oldidan foyda keltiradi deb o'ylayman" Yangiliklar

Ibrohimhalil Yo'ldoshev: "Bunyodkor"da o'yin amaliyotiga ega bo'layotganim Osiyo chempionati oldidan foyda keltiradi deb o'ylayman"

Kecha "Bunyodkor" jamoasi Coca Cola Cuperliga 8-tur doirasida o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va ishonchli 3:1 hisobidagi g'alabani o'ziniki qildi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor"ning chap qanotida ajoyib harakatlari bilan ajralib turgan yosh iqtidorli futbolchi Ibrohimhalil Yo'ldoshev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uyda o'tgan so'ngi ikki uchrashuvda birinchi bo'limda to'pni nazorat qildik va raqibga o'z o'yinini o'tkazishga yo'l qo'ymadik. "Navbahor" bilan uchrashuvda birinchi bo'limda ikkita gol urib olganimiz foydamizga ishladi. Ikkinchi goldan keyin o'zimizni yaxshi his qildik va shoshilmasdan to'pni nazorat qildik. Birinchi bo'lim oxirlarida yaqqol golga tortadigan vaziyatlar yaratdik. O'sha vaziyatlarda biroz omad etishmadi. 

"Lokomotiv" va "Navbahor" bilan uchrashuvlarni ikkinchi bo'limini taqqoslaydigan bo'lsak, birida gol o'tkazmadik. CHunki, himoyada tartibli harakat qilgandik. Endi kechagi o'yinda tanaffusdan keyin biroz bo'shashdik. To'p nazorati va o'yin tizgini raqib tomonga o'tib ketdi. Bundan foydalanib ular oradagi farqni qisqartirdi. Bitta gol ko'zimizni ochdi. Tezda o'zimizga keldik va uchinchi golni urdik. 

Men ko'proq hujumkor futbolni yaxshi ko'raman. Asosan oldingi chiziqda o'ynayman. SHu bois Abramovni hujumkorlikka moslashgan uslubi manzur keldi. 

Ha, albatta. "Bunyodkor"da o'yin amaliyotiga ega bo'layotganim yurtimizda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati oldidan katta foyda keltiradi deb o'ylayman. Boisi, malum bir darajada o'sishga erishasiz. 

"Paxtakor" safida maydonga tushganimda hayajon sezilib turardi. "Bunyodkor"da esa unday holatga deyarli tushmadim. Tezda kirishib ketdim. Vadim Karlenovich menga ishonch bildirib asosiy tarkibda maydonga tushirayotgani uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. 

Osiyo chempionati guruh bosqichida Eron bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishi shubhasiz. Har bir o'yin biz uchun qiyin kechadi. Barcha raqiblarga qarshi bir xil tayyorgarlik bilan chiqamiz. Maydonda bor kuchimizni ishga solsak maqsadimizga etamiz deb o'ylayman. Osiyo chempionatida o'zbek xalqini xursand qilishga harakat qilamiz va chempionlik uchun intilamiz",- deydi Ibrohimhalil Yo'ldoshev.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика