So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Ibrohim Rahimov: "Muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lganidan xursandman" Yangiliklar

Ibrohim Rahimov: "Muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lganidan xursandman"

Oliy liga 26-tur doirasida bo'lib o'tgan “Qo'qon-1912” – “Neftchi” jamoalari o'yinidan keyin Qo'qonliklar himoyachisi Ibrohim Rahimov o'z fikrlarini quyidagicha bayon qildi.

“Neftchi”ga qarshi bahs haqiqiy derbiga xos o'yin bo'ldi. Bizni bu uchrashuvda faqat g'alaba qoniqtirar edi. Yaratganga shukrki muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Ko'p “derbi”larda ishtirok etganman, lekin bunisi ancha shiddatli va biroz asabiy tarzda o'tdi. “Neftchi” futbolchilari ham g'alaba qozonish uchun jon-jahdlari bilan kurashdilar. O'ylaymanki shunday o'yinlar muxlislarga yoqadi. Stadionga kelib bizni qo'llab turgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu yil oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashimizga ishonaman.

Gol urish har doim yoqimli, ayniqsa o'z muxlislaring qarshisida. Lekin g'alabada barcha jamoadoshlarimning hissasi birdek bo'ldi. Bugun maydonda harakat qilgan barcha futbolchilar borlarini berib harakat qilishdi. Biz bugun g'alabaga bo'lgan ishtiyoqimiz evaziga g'alaba qozondik – deydi  Ibrohim Rahimov.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика