So’nggi yangiliklar

18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  5 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  0 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  7 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  0 18:00"Нефтчи" — "Андижон" 2:0 (Матнли трансляция)  39 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  2 17:36"Қизилқум" — "Машъал". Таркиблар маълум  0 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  5 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  8 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  6 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  6 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  1

Ibrohim Halil Yo'ldoshev: "Birinchi davrani g'alaba bilan tugatishni istaymiz" Yangiliklar

Ibrohim Halil Yo'ldoshev: "Birinchi davrani g'alaba bilan tugatishni istaymiz"

Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi kutilganidek qiziqarli va shiddatlarga boy tarzda o'tdi.

O'yindan so'ng "Bunyodkor"ning yosh iqtidorli futbolchisi Ibrohim Halil Yo'ldoshev fikrlarini bildirdi.

"Ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bizni faqat g'alaba qoniqtirardi. CHunki, turnir jadvalidagi o'rinimiz qaltis, "Nasaf" yutsa uchinchi o'ringa ko'tarilib olardi. Agarda OCHLga yo'llanma oladigan bo'lsak barcha o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak. Kutilganidek qiyin o'yin bo'ldi.

Ha, ayrim o'yinlarda birinchi bo'limni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapmiz. Golga tortadigan vaziyatlardan foydalanishga qiynalyapmiz. To'g'ri, uchrashuvda ehtiyotkorlikka etibor qaratmoqdamiz. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin bosimni oshirib vaziyatni o'nglashga harakat qildik. Ikkinchi goldan keyin ham sarosimaga tushmadik. Bu gol bizga dalda bo'ldi, oxirigacha kurashishga majbur qildi. Jon jahtimizni berdik va mag'lubiyatdan qutulib qoldik. Uchinchi golni urishimiz ham mumkin edi. Lekin, omad kelmasa qiyin ekan.

"Qizilqum" bilan birinchi davradagi so'ngi uchrashuvni o'tkazamiz. Bor kuchimiz bilan g'alaba uchun to'p tepamiz. Raqib jamoa ham oxirgi paytlarda tarkibini kuchaytirib oldi, yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Buni ham unutmaslik kerak. Birinchi davrani g'alaba bilan yakunlashni istaymiz",- deydi Yo'ldoshev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика