Ibragimovichning Lixtenshteynga qarshi o'yindagi ishtiroki ham so'roq ostida
11 okt 2014 18:20
Yangiliklar


Ibragimovichning Lixtenshteynga qarshi o'yindagi ishtiroki ham so'roq ostida
SHveciya terma jamoasi futbolchisi Zlatan Ibragimovich Lixtenshteynga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan mashg'ulotlarda ishtirok etdi.
Ibragimovich umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi. Lekin, 15 daqiqadan so'ng u mashg'ulotlarni tark etdi.
Yana bir oz vaqt o'tib 33 yoshli futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi. Lekin, u butsalarda emas, krassovkada mashg'ulotlarni davom ettirdi. U faqat yugurish mashqlarini bajardi.

Fikrlar