Ibragimovich so'nggi 3 penaltining ikkitasini ura olmadi
30 okt 2020 00:31
Yangiliklar
Ibragimovich so'nggi 3 penaltining ikkitasini ura olmadi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Evropa ligasi doirasida "Sparta"ga qarshi o'yinda penaltidan gol ura olmadi.
Ayni damda "San-Siro"da bo'layotgan o'yinning 36-daqiqasida forvard belgilangan 11 metrli jarimani amalga oshirdi. To'p ustunga tekkan holda maydonni tark etdi.
Qayd etish kerak, Ibra so'nggi 3 penaltining ikkitasidan gol ura olmadi. Yodingizda bo'lsa, A Seriya doirasida "Inter"ga qarshi o'tgan o'yinning 12-daqiqasida penalti golga aylanmagandi.
"Roma" bilan o'yinda esa Zlatan adashmadi va o'shanda dubl qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar