Ibragimovich qizil kitobga kiritilgan sherni o'ldirishda ayblanmoqda
06 apr 2021 00:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629359_original.jpg)
![](/upload/storage/629359_220.jpg)
Ibragimovich qizil kitobga kiritilgan sherni o'ldirishda ayblanmoqda
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich 2011 yili Janubiy Afrikaga safari chog'ida sher ovlagani uchun tanqid qilinmoqda.
"Expressen" xabariga ko'ra, o'ldirilishidan oldin sher qafasda ushlab turilgan va ovchi kelganidan keyingina ovlanishi uchun ozodlikka chiqarilgan. Faqatgina maxsus ruxsatnomasi bor insongina uni ovlashi mumkin bo'lgan.
Tekshiruvlarga ko'ra, SHveciyada 80ga yaqin insonda shunday ruxsatnoma bor va ular doimiy ravishda safari ovlariga chiqib turishadi. Ibragimovichning o'zi esa buni muhokama qilishdan bosh tortdi.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli shved intervyularida o'zini sherga qiyoslaydi. Uning belida ushbu jonzotning tatuirovkasi tushirilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar