Ibragimovich Mourino va Gvardiola haqida gapirdi
20 okt 2019 15:29
Yangiliklar


Ibragimovich Mourino va Gvardiola haqida gapirdi
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zining sobiq murabbiylari Pep Gvardiola va Joze Mourino o'rtasidagi farqni aytdi.
"Gvardiola buyuk murabbiylardan biri. Ammo odam sifatida uni unchalik yoqtirmayman. Tilimga kelgan so'zlarni esa aytishga botinolmayman. Bir kuni u o'yindan keyin mening kiyinish xonasiga kirishimni kutayotgan ekan. Televidenieda u yoqimtoy yigit bo'lib ko'rinadi. Ammo futbolchilar bilan yuzma-yuz gaplashganida doim tutilib, gaplarini esidan chiqarib qo'yadi.
Mourino esa hali ham "Special One". U mening faoliyatimdagi muhim insonlardan biri bo'lib qoladi. Men uni yana murabbiylikka qaytib, oldingi erishgan natijalarini takrorlay olishiga ishonaman", - dedi Ibragimovich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar