Ibragimovich “Milan”da qoladimi? Maldini javob berdi
10 apr 2021 21:50
Yangiliklar
Ibragimovich “Milan”da qoladimi? Maldini javob berdi
“Rossonerilar” direktori Paolo Maldini jamoa forvardi Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarning qanday borayotgani haqida gapirdi.
“Ibra bilan kelishuvga yaqin turibmiz. Oxirgi detallarni hal qilishimiz qoldi”, deydi Maldini.
"Sky Sport Italia" manbasiga ko'ra, 39 yoshli shved klub bilan yangi bitim bo'yicha kelishib bo'lgan va bu kelasi haftada rasman elon qilinishi kutilmoqda.
Zlatan “Milan”ga 2020 yil qaytdi. U joriy mavsum A Seriyada 16 o'yinda qatnashib, 15+2 natijaga erishdi.
Fikrlar