Ibragimovich: "Men oddiy, oilaparvar insonman, maydonda esa sherga aylanaman"
Aslanov Jasurbek
12 avg 2016, 17:08
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zini takabbur inson deb hisoblamaydi.
"O'zimni boshqalar aytganidek takabbur inson deb hisoblamayman. Men o'zimga ishonaman. Bu takabbur degani emasku. Meni yomon yigit deb o'ylashadi, ammo kamina oddiy oilaparvar inson. Maydonga chiqqanimda sherga aylanaman" - deydi Ibragimovich.