Ibragimovich: "Men Indiana Jonsdekman"

Aslanov Jasurbek
17 fev 2017, 17:43
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zini sarguzasht filmlar, kitoblar qahramoni Indiana Jonsga tenglashtirdi.

"Har bir sovrin men uchun juda muhim. Shu sababli bu yerda biror narsa qo'lga kiritsam, juda baxtli bo'laman. Men bilan tanish insonlar ko'plab klublarda o'ynaganimni va qo'limdan kelgan barcha ishni bajarishimni bilishadi. Qayerda bo'lmayin g'olib chiqaveraman, shu sababli - Indiana Jonsga o'xshayman.

O'zimni yaxshi his qilyapman. Jamoadoshlarim katta yordam berishdi. "Sent-Eten"ga qarshi bahsda yaxshi natijaga erishish mumhim edi. 3:0 hisobida g'alaba qozondik, 3 ta gol urganimdan xursandman" - deydi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian