Ibragimovich: "Inter" birinchi bo'limda 2-o'rindagi jamoaga o'xshamadi"
10 fev 2020 12:51
Yangiliklar


Ibragimovich: "Inter" birinchi bo'limda 2-o'rindagi jamoaga o'xshamadi"
Zlatan derbida bitta gol urdi hamda bitta golli pas berdi.
Inter Marcelo Brozovic - 51', Matias Vecino - 54', Stefan de Vrij - 70', Romelu Lukaku - 90' |
Serie A . 23-tur 10/02/2020, 00:45 2
:
4
Tugadi
|
AC Milan Ante Rebic - 40', Zlatan Ibrahimovic - 45' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 75817 tomoshabin
Bosh hakam: Fabio Maresca
"Nima bo'lganini tushuntirish qiyin. Tanaffusda o'zimizga dastlabki 15 daqiqa hal qiluvchi bo'lishini aytgandik va aynan o'sha vaqt ichida ikkita gol o'tkazib yubordik. "Milan" ishonishdan, pressing qilishdan va o'ynashdan to'xtadi. Tanaffusdan keyin bizning o'yinimiz "quladi". O'ylashimcha, hammasi tajribaga bog'liq. CHunki, 2:0 hisobida oldinda borayotganingda o'yinni nazorat qilishni bilish kerak.
"Milan" birinchi bo'limni deyarli ideal o'tkazdi. "Inter"dan ko'prog'ini kutgandim, ular birinchi bo'limda 2-pog'onada borayotgan jamoaga o'xshashmadi. Ular tanaffusdan so'ng o'zlarini ko'rsatishdi", - deya Ibragimovichning so'zlarini keltirdi "Sky Sport Italia".
Zlatan joriy mavsum "Milan" tarkibida 6ta o'yinda ishtirok etdi va 3ta gol urib, bitta golli pas berdi.
"Yuventus"ning "Verona"dan uchragan mag'lubiyati (1:2)dan foydalanib qolgan "Inter" 54 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Keksa sinoralar"da ham shuncha ochko bor, lekin to'plar nisbatiga ko'ra milanliklar oldinda. "Lacio" esa 53 ochko bilan uchinchi o'rinda. "Milan" esa 32 ochko bilan 10-pog'onada bormoqda.
Italiya chempionati turnir jadvali >>>>> A Seriya
O’xshash yangiliklar

Fikrlar