Ibragimovich Franciyaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi
27 jan 2016 14:47
Yangiliklar
Ibragimovich Franciyaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich Liga 1ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi.
2015 yilning yakunida imzolangan kelishuvga ko'ra, shvedning bir oylik maoshi 1,5 mln. evroni tashkil qilmoqda, avvallari esa oyiga 800 ming evro ishlab topar edi. Malumotlarga ko'ra, parijliklar rahbariyati jamoa etakchisini joriy mavsumdagi ajoyib o'yini uchun mukofotlagan. Zlatan joriy mavsumda Liga 1ning 17 uchrashuvida maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.
Bundan tashqari, shvedniing shartnomasida mavsum oxirida shaxsiy natijalar uchun ham bonus mablag'i ajratilishi belgilab qo'yilgan. Zlatanning PSJ bilan bitimi 2016 yilning yozida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar