Ibragimovich: “Faoliyatini yakunlab, bundan afsuslanganlar qatoridan joy olmoqchi emasman”
09 noy 2021 07:25
Yangiliklar
Ibragimovich: “Faoliyatini yakunlab, bundan afsuslanganlar qatoridan joy olmoqchi emasman”
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich butsasini mixga ilishga shoshmayotganini aytdi.
“Faoliyatimni yakunlashim to'g'risida aniq qarorga kelganim yo'q. Aksincha, imkon qadar ko'proq o'ynashni va shu bilan birga ketish haqida o'ylamaslikni istayman. Faoliyatini yakunlab, bundan afsuslanganlar qatoridan joy olmoqchi emasman.
Mehnat qilishda va oldinga intilishda davom etaman. Menga ehtiyoj sezgunlaricha o'ynayveraman”, deydi Zlatan.
40 yoshli forvard JCH-2022 saralashi uchun SHveciya TJ yig'iniga chaqirildi.
Fikrlar