Husniddin G'ofurov tug'ilgan kunida gol urdi
30 iyu 2014 17:11
Yangiliklar
Husniddin G'ofurov tug'ilgan kunida gol urdi
Kecha tug'ilgani kunini nishonlagan Husniddin G'ofurov ayni paytda Serbiyaning Ivanica shahrida bo'lib turibdi.
Uning jamoasi “Yavor” navbatdagi mavsumni birinchi ligada o'tkazadi. 16 avgustdan start oladigan chempionatga ivanicaliklar astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.
Jamoada qolishi aniq bo'lgan hamyurtimiz G'ofurov kecha jamoasining mahalliy klublardan biriga qarshi o'tkazgan sinov-nazorat bahsida raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi. Bu bilan 20 yoshli hujumchi tug'ilgan kunida gol urib, o'ziga-o'zi munosib sovg'a ulashdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Fikrlar