Husniddin G'ofurov: O'zim ham kutmagan vaqtda maydonga tushdim
14 okt 2018 15:28
Yangiliklar
Husniddin G'ofurov: O'zim ham kutmagan vaqtda maydonga tushdim
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi, ikkinchi golga assistentlik qilgan Xusniddin G'ofurov KXDR termasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin yaxshi o'tdi, biz kutgan scenariy ostida o'tdi. Ivan Nagaev jarohat olganidan keyin maydonga tushdim. Ammo o'sha vaqtda maydonga tushishimni o'zim ham kutmagandim.
Ektor Kuperning talablarini to'laqonli bajarishga harakat qilyapmiz. O'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz. U uchrashuvdan keyin ancha xursand bo'ldi va bizni, umuman olganda barchani tabrikladi. Raqiblar haqida nima deya olaman. Ular biz kutgan darajada qarshilik ko'rsata olishmadi. Taktika? O'zgarishlar katta bo'lmadi. Hujumkorlikni istagandik va shunday bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar