So’nggi yangiliklar

19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  2 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  3 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  5 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  10 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  4 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10

Husniddin G'ofurov: “Neftchi” yuqori maqsadlarni ko'zlagan klub” Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: “Neftchi” yuqori maqsadlarni ko'zlagan klub”

Toshkentning “Paxtakor” jamoasidan ijaraga olingan iqtidorli himoyachi Husniddin G'ofurov Super liga-2018da “Neftchi” sharafini himoya qiladi.

Yaqinda jamoa bilan shartnoma tuzgan G'ofurov Farg'ona klubi rasmiy saytiga intervyu berdi.

– Asosiy maqsadimiz “Neftchi”ni yuqori o'rinlarga olib chiqish hisoblanadi, – deb gap boshladi G'ofurov.

– Farg'onadagi tarixiy jamoa haqida barcha yaxshi biladi. Uning shonli tarixidagi natijalarini takrorlash bizning ustivor vazifamiz etib belgilangan. Jamoa murabbiylari bilan gaplashdik. Ular menga ishonch bildirishlarini aytishdi. Albatta ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman.

Ochig'i, “Paxtakor” bilan shartnoma tuzganimdan so'ng Super liganing bir qator klublari meni ijaraga olish taklifi bilan chiqishdi. Ular qatorida “Neftchi” ham bor edi. Xech ikkilanib o'tirmasdan “Neftchi”ni tanladim.  CHunki bu jamoa men uchun qadrli hisoblanadi.

“Neftchi” muxlislari bizni qo'llab-quvvatlashlarini istardim. Futbol muxlislar uchun. Biz aynan ishqibozlarimizning xursandchiligi uchun maydonga g'alaba ilinjida chiqamiz. Ular yangi mavsumda jamoamizning haqiqiy 12-o'yinchisi bo'lishlariga ishonaman, – deb fikrlarini yakunladi Husniddin G'ofurov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика