So’nggi yangiliklar

17:06Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди  3 16:38U-23 Осиё Кубоги стадионлари  1 16:15Бир қоп картошка, сабзи, тухум ва 5 гб интернет  1 15:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  8 15:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ 2 ўйинида ишлайди  0 15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  2 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  18 13:27Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр  7 13:00"Қўқон-1912" икки асосий футболчиси билан шартномани узайтирди  1 12:40Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда  27 12:24Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди  3 12:02TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги 1/2 финали, Испанияда кубок баҳслари ва бошқалар  1 11:52Алекс Фергюсон 2013 йилда: "Футболчиларга кийиниш хонасида ҳукмронлик қилиш имконини бериш хавфли"  8

Husniddin Aliqulov jarohat oldimi? Yangiliklar

Husniddin Aliqulov jarohat oldimi?

Sal avval Turkiya Superligasi 28-turidan o'rin olgan "Rizespor" – "Bodrumspor" uchrashuvi yakuniga etdi.

Bahsda mehmonlar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 22-daqiqada Husniddin Aliqulov avtogol muallifiga aylangan bo'lsa, 62-daqiqada Enis Bardi hisobni oshiruvchi golni urdi.

Qayd etish joiz, Joze Mourinyuning sobiq yordamchisi Joze Moraish qo'l ostidagi "Bodrumspor" 7 o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda, shuningdek, o'z darvozasidan to'p ham olib chiqqani yo'q. 

Ushbu bahsning O'zbekiston MTJ uchun noxush tomoni bor. Sababi 45+1-daqiqada "Rizespor" himoyachisi Husniddin Aliqulov havodagi kurashda raqib bilan to'qnashib ketib, jiddiy shikastlandi va o'z o'rnini Atilla Mochiga bo'shatib berdi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, o'zbekistonlik himoyachining burni singan bo'lishi mumkin. 

Aliqulov o'tgan yili Osimxen bilan to'qnashib, yonoq suyagini sindirib olgan va o'yinlarda niqob taqib harakatlanishga majbur bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH saralash bosqichida 20 mart kuni Toshkentda Qirg'iz Respublikasi bilan, 25 martda esa Tehronda Eron bilan ro'baro' keladi. Aliqulov mazkur bellashuvlar uchun Timur Kapadze tomonidan chaqiruv olgan edi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика