So’nggi yangiliklar

08:07Суперлига. Бугун Наманган ва Тошкентда ўйинлар бор  0 07:42Туркия Суперлигаси. «Кайсериспор» Шукуров тўлиқ ўйнаган баҳсда дуранг қайд этилди  0 07:20МЛС. "Интер Майами" - "Нью-Йорк Ред Буллс" 6:2   0 07:15МЛС. «Интер Майами» «Нью-Йорк Ред Буллс»ни «сочиб ташлади». Суаресдан хет-трик  17 06:55Серия А. "Сассуоло" - "Интер" 1:0   0 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Веҳда" 6:0   0 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Атлетико Мадрид" 0:1   0 06:40ЛаЛига. "Жирона" - "Барселона" 4:2   0 06:35ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 06:30АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон" 5:1   0 06:25АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0 06:20Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 06:15Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  6 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  5

Husayn Norchaev nazorat uchrashuvlaridagi qaysi raqibning o'yin uslubi "Al SHabab"ga yaqinroq ekanligini aytdi Yangiliklar

Husayn Norchaev nazorat uchrashuvlaridagi qaysi raqibning o'yin uslubi "Al SHabab"ga yaqinroq ekanligini aytdi

"Nasaf" hujumchisi Husayn Norchaev "Ordabasi"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida...

- Bugungi uchrashuv rejadagidek o'tdi. O'rtoqlik uchrashuvlari orqali o'zimizga yuklamalar olishimiz hamda CHempionlar ligasi doirasida "Al SHabab"ga qarshi bo'lajak o'yinga tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgandik. O'ylashimcha, bu jarayon yaxshi o'tdi. YIg'in doirasidagi oxirgi uchrashuvda ham g'alaba qozondik, kayfiyatimiz alo darajada. "Al SHabab"ga qarshi bahsda ham g'alaba qozonib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishga harakat qilamiz.

- "Ordabasi"ning o'yin uslubi, jismoniy tayyorgarligi Evropa klublarinikiga o'xshash ekan. Bunga qanday munosabatdasiz?

- To'g'ri, raqib himoyachilariga etibor bersangiz, ularda bo'ydor va baquvvat himoyachilar yig'ilgan. Ularning futboli jismoniy kuch va tezlikka tayangan. 

- Antaliyadagi yig'in doirasidagi umumiy taassurotlaringiz qanday bo'ldi?

- Bizga yaxshi raqiblar ro'baro' keldi va uchrashuvlar ham ko'ngildagidek o'tdi. Tayyorgarligimiz yaxshi o'tdi, buning samarasini "Al SHabab"ga qarshi uchrashuvda guvohi bo'lasizlar. 

- Jamoa futbolchilari nazariy mashg'ulotlarda "Al SHabab" ishtirokidagi uchrashuvlarni kuzatdimi?

- Albatta, muntazam kuzatib boryapmiz. Raqibni etarlicha o'rgandik. Murabbiylarimiz ularga qarshi to'g'ri taktika qo'llay oladi deb o'ylayman. 

- Nazorat uchrashuvlardagi raqiblardan qay birining o'yin uslubi "Al SHabab"ga yaqinroq?

- Gruziyadagi "Dila" klubining o'yin uslubi yaqinroq edi, nazarimda. CHunki ularda texnik jihatdan kuchli o'yinchilar ko'p edi. "Al SHabab"da ham aynan texnikaga tayangan futbolchilar bisyor. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика