Husayn Norchaev: "Gollarimni otam va onamga bag'ishladim"
06 sen 2023 22:36
Yangiliklar
Husayn Norchaev: "Gollarimni otam va onamga bag'ishladim"
- O'yin haqida
- O'zoq kutilgan o'yin. Jamoamda o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan edim. Terma jamoada o'zimni ko'rsatishga imkon bo'ldi. Birinchi o'yinda yaxshi o'ynadik. Bundan keyingi o'yinlarda ham yaxshi harakat qilamiz deb o'ylayman.
- Birinchi bo'limdan so'ng murabbiylar qanday ko'rsatmalar berishdi?
- Ikkinchi taymda raqib charchab qoldi deb o'ylayman. Murabbiylar bizdan ko'proq qanotlardan hujum qilishimizni so'rashdi. Bu bizga ko'p foyda berdi.
- Bugun uchta gol urdingiz. Taassurotlar qanday bo'ldi? Golni nishonlashingiz ham o'zgacha tarzda bo'ldi...
- Bugun stadionga oilam tashrif buyurgandi. Gollarimni otam va onamga bag'ishladim.
- Eronga qarshi o'yindan nimalar kutyasiz?
- Ko'proq gol urib, jamoamga yordam bermoqchiman. O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib Osiyo kubogiga chiqishga harakat qilamiz.
- Eron jamoasini kuzatdinglarmi? Bu jamoa haqida qanday fikrdasiz?
- Hozircha bu jamoani murabbiylarimiz kuzatib borishmoqdja. Keyingi o'yinimiz Gongkongga qarshi. Ushbu o'yinda g'alaba qozonib, undan so'ng Eron bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar