So’nggi yangiliklar

09:47«Барселона» афсонаси Месси нима сабабдан Роналдудан кучли эканлигини тушунтириб берди  2 09:11Косово футболчилари Руминия билан ўйиндан сўнг кийиниш хонасига бир уюм чиқинди ташлаб кетишди  5 08:30Салоҳ ёшлигида кимга ўхшашни орзу қилганини айтди  0 07:56Родри «Ман Сити»ни тарк этса, қайси жамоага бориши маълум  7 02:54Миллатлар лигаси. Германиядан 7:0, Нидерландиядан 4:0 ва бошқа натижалар  0 01:58"Интер"нинг икки ҳужумчиси келаси ёзда клубдан кетади  0 01:21Дьёкереш учун курашда етакчи клуб номи маълум  4 00:20Сане ўзига янги клуб танлади  2 00:04Миллатлар лигаси. Украина ва Грузия ўзаро дуранг ўйнади, Туркия ўз уйида Уэльсни енга олмади ва бошқа натижалар  0 23:13Погба "Манчестер Юнайтед"га қайтади  3 22:40Дэвис келганидан сўнг ким "Реал"дан кетади?  5 21:59"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиради. Вингер клубда 10-мавсумини ўтказмоқда  1 20:46Раньери: "Нега бу йигит ўйнамаяпти?"  7 20:12Европа гранди Хвича Кварацхелияга қизиқишни тиклади  5 19:52Россия қачон ФИФА ва УЕФА мусобақаларига қайтади?  22

"Husanovdan tashqari boshqa hech bir U-20 terma jamoasi o'yinchisi Evropada o'ynashga tayyor emas. "Paxtakor" - chempionlik uchun kurashda favorit". Alisher Nikimbaev bilan intervyuning uchinchi qismi Yangiliklar

"Husanovdan tashqari boshqa hech bir U-20 terma jamoasi o'yinchisi Evropada o'ynashga tayyor emas. "Paxtakor" - chempionlik uchun kurashda favorit". Alisher Nikimbaev bilan intervyuning uchinchi qismi

"Navbahor"ning imkoniyatlari va OCHL saralashidagi OKMK, Superligadagi chempionlik uchun kurash va hozirgi yoshlar haqida suhbatning so'nggi qismi.

Championat.Asia bungacha Alisher Nikimbaev bilan intervyuning ikki qismini chop etdi. 

"Futbolimizda ko'plab "tasodifiy insonlar" bor". Alisher Nikimbaev bilan intervyu (1-qism)        

"Yaqin vaqtlarda BAA, Saudiya Arabistoni va Qatarda o'yinchilarimizning paydo bo'lishi dargumon". Alisher Nikimbaev bilan intervyu (2-qism)        


Bugun etiboringizga u bilan suhbatning uchinchi qismini taqdim etamiz. Muhokama mavzularidan: klublarimizning OFK CHempionlar ligasi saralashidagi imkoniyatlari, Superligadagi chempionlik uchun kurash, yosh o'yinchilarimizning Evropada ishtirok o'ynashga tayyorliklari, shuningdek o'zbek futbolchilarining RPL klublariga o'tishi kerakmi?

- OFK CHempionlar ligasida Superliga klublarining imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Menimcha, "Navbahor"da imkoniyat ko'proq, sababi "Al Vakra" "Al Arabi"dan ko'ra kuchsizroq. Bu paytda Qatarda mavsumning boshi bo'ladi, bizning klublarimiz esa ayni avj palladi. Bu ham klublarimizga kichik ustunlikni taqdim etadi. SHu bilan birga, Qatar klublari tarkibidagi ijrochilar yuqori darajada. "Al Arabi"ning tarixan Qatardagi eng mashhur klub ekanligini qayd etish kerak. Ularda qo'shimcha motivaciya bo'ladi, sababi klub achadan beri CHempionlar ligasida o'ynamagan. SHu sabab, OKMKga biroz qiyinroq bo'ladi.

- Superligani kuzatasizmi? CHempionlik kurashidagi hozirgi holat haqida nima deya olasiz?

- Hali ham "Paxtakor"ni favorit deb hisoblayman. Ammo, barchasi mavsumning kuzgi qismi va jamoalarning OFK CHempionlar ligasidagi ishtiroki qanday kechishiga bog'liq. Aniqrog'i, "Paxtakor"ning taqvimida allaqachon oltita o'yin turibdi, "Navbahor"da esa faqatgina bo'lajak saralash o'yini. Agar klublar o'yinlar soni va yuklamalar bo'yicha bir xil sharoitga ega bo'lsa, unda barchasini zaxira o'rindig'i hal qiladi.

- Joriy mavsum davomida nima sizni hayratga soldi?

- Meni "Neftchi", aniqrog'i Vitaliy Levchenko hayron qoldirdi. U men uchun yangi murabbiy deb ayta olmayman, ammo jamoaning uning qo'l ostida bunchalik kuchayishini kutmagandim. "Neftchi" - O'zbekiston uchun ramziy klub va ularda barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman. Birdan aytib qo'ya qolay, hozirda hech kimga muxlislik qilmayman. 1991 yilgacha barcha kabi "Paxtakor"ga muxlislik qilganman, 1992 yildan jurnalist bo'lganimdan so'ng hech kimga muxlislik qilmaslikka qaror qilganman. Mening "Neftchi"da ham, "Paxtakor"da ham, boshqa klublarda ham do'stlarim bor, shu sabab ular uchun shaxsan qayg'uraman, ammo aniq bir klublar uchun emas.

- Abduqodir Husanov yaqinda Franciya vice-chempioni va UEFA CHempionlar ligasida o'ynaydigan "Lans"ga o'tdi. Bu haqda nima deya olasiz? Yosh futbolchilarimizdan yana kimlar Evropaning top-5 ligalarida o'ynashi mumkin?

- Argentinada o'tgan yoshlar jahon chempionatida komissar bo'ldim. Unda Evropa klublari skautlari bilan gaplashdim. Ha, jamoa unchalik yomon ishtirok etmadi, ammo u erda Husanovdan boshqa hech kim top-klubga tortmasdi. Hatto Abduqodirning o'zi ham hoziroq "Lans"ning asosiy tarkibida o'ynashga tayyor emas. Masalan, APLda 19-20 yoshli o'yinchilar o'z klublarida to'p tepishmoqda.

- Sizningcha, muammo nimada?

- Birinchidan, jismoniy ko'rsatkichlar. Men allaqachon bolalar-o'smirlar futbolidan kattalar darajasiga o'tishdagi muhim jihatlar haqida gapirdim. Husanovning o'sishida katta ahamiyat etgan narsa uni kerakli paytda O'zbekistondan Belarusga yuborishganidir. Bu Abduqodirning o'zining va atrofidagilarning xizmati. Belarus chempionati darajasi bizning Superliganikidan yuqori deya olmayman, ammo u erda mashg'ulotlarning boshqa usullari va o'yin uslublari bor. Bu Husanovga ochilishida yordam berdi. Men barcha o'yinchilarimizni Belarusga yo'l olishga chorlamayapman. Abduqodirga to'g'ri kelgan narsa boshqalariga ham to'g'ri keladi degani emas.

Barcha yosh futbolchilarimiz ham ularning hozirgi yutuqlari yuqoriroq natijalarga bo'lgan yo'lning faqatgina bosqichlari ekanligini tushunishmaydi. Ayrimlarida Osiyo kubogidan so'ng yulduzlik kasalligi boshlanganini bilaman. Balki, hatto yoshlar jahon chempionatida ularda barchasi ham o'xshamagani yaxshidir: Argentina bilan o'yindagi mag'lubiyat, Yangi Zelandiyaga qarshi birinchi taym. Bu balki jamoani biroz tetiklashtirgandir. Husanovdan boshqa hozir Evropada kim o'ynab ketishi borasidagi savolga qaytsak. Mening javobim: hech kim. Yoshlar terma jamoasining hech bir o'yinchisi hozir tayyor emas, sababi ular kattalar futboliga o'tish jarayonini oxirigacha amalga oshirishmadi. CHunki Husanov faqatgina Belarusga ketgani uchun emas, balki ota-onasidan ketgani sabab ham o'sdi va kuchaydi. Inson, ayniqsa yosh bo'lsa va oilasidan uzoq bo'lsa, bu unga mustaqillikni o'rgatadi.

Yaqqol misol – BAAdan Omar Abdulrahman. U hali ham Amirliklarda o'ynayotgan bo'lsa kerak. Bu o'yinchi aqlbovarqilmas istedod egasi va u yoshligida faoliyatining cho'qqisiga chiqqan payt, unga "Manchester Siti"ga yo'l olishni tavsiya qilishdi (Omar o'ynagan "Al Ayn" va "Siti"ning xo'jayinlari bitta oiladan). U taklifni rad etdi, sababi o'zi o'rgangan atrof-muhitdan ketishga jurat qilmadi. Do'stlar, qarindoshlar, holat – bularning barchasi uni to'xtatdi va hatto ko'rikka ham bormadi. Bu bizning o'yinchilarimizga ham tegishli: barcha ham bunday qarorga kelishga tayyor emas.




- Hozirda Rossiya klublariga o'tish o'zbek futbolchilari uchun oldingidek aktual emas va Superligadan to'g'ri Evropaga ketish mumkin degan fikr bor. Bu borada nima deb o'ylaysiz?

- Agar Rossiya va Belarusni taqqoslasak, o'z-o'zidan Rossiya chempionatining darajasi ancha yuqori. Biz hozir siyosat haqida emas, futbol haqida gapiryapmiz. O'yinchi hattoki hozirda RPLdagi sharoitlarda ham kuchayishi mumkin. Futbolchining o'sishi jihatidan Rossiya so'zsiz o'zbek futbolchilari uchun tramplin. Doim o'z kuchini kamida boshqa va kuchliroq chempionatlarda sinab ko'rish, boshqa murabbiylar bilan ishlash foydali. Boshqa ligalarni, masalan Serbiyani ko'rish mumkin. Asosiysi, futbolchining o'z kuchini boshqa sharoitlarda sinab ko'rishi.

- Hozirgi yoshlar avlodi (U-20 va U-23 terma jamoalari) so'nggi vaqtlardagi eng iqtidorlilarimi?

- Agar so'nggi yoshlarni taqqoslasak, 1995-1996 yillardagi avlod yaxshi edi: Hamdamov, SHomurodov, Ashurmatov, SHukurov, Komilov. Ammo, afsuski, ularning barchasi ham o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi. Hozirgi yosh futbolchilar avlodi ularning misollariga qarab, xatolarni takrorlamaslikka harakat qilishlari kerak.

Men Hamdamovni ham inson, ham o'yinchi sifatida yaxshi ko'raman, ammo u o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Jamoa jahon chempionatida o'ynaganda, u SHomurodovdan kuchliroq edi. Ammo, Eldor garchi bundan ham ko'prog'iga qodir bo'lsa bo'lgan bo'lsa ham, o'z intiluvchanligi va mehnati sabab hozirgi darajasiga erishdi. Bu Ashurmatovga ham tegishli – ha, u hozir "Rubin"da, ammo uni boshida MFLga olishdi. Klub shunchaki mavsum so'nggiga ko'ra RPLga qaytdi. Masalan, Akrom Komilovni "Leypcig"ga bir qadam bo'lgan "RB Zalcburg" kuzatgandi. Afsuski, unga tezlik etishmadi, boshqa jihatlari esa yaxshi edi. Kimdir hozirgi avlodga shunday misol borligini va sizlar ularning xatolarini takrorlamasligingiz kerak deyishi kerak. 1993 yillardagilarda ham yaxshi jamoa bor edi: Sergeev, Masharipov, Iskanderov. Ammo, ulardan kim o'zini qaerdadir ko'rsatdi? Ularga barcha hurmatni saklagan holda, bu Osiyo klublari darajasi va hatto ulardagi eng zo'rlariniki ham emas.

- Yaqin kelajakdagi rejalaringiz?
- Meni ikkita Osiyo kubogi kutmoqda: yanvar-fevralda kattalar, aprel-mayda 23 yoshgacha bo'lganlari. SHunday ekan, maygacha qiladigan ishlarim bor. Keyin esa nima bo'lishini ko'ramiz. Qandaydir rejalar va ish variantlari bor, ammo ular ham gapirmayman. Hozircha o'zimni Qatar futbol associaciyasida ko'ryapman. FIFA turnirlariga kelsak, u erda yana ishlashga umid qilaman.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика