So’nggi yangiliklar

08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  1 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  3 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3

Husan Temirov: “O'z vaqtida “Mashal”ning o'yinlarini “O'zbekiston Radiosi”ga sharhlaganmiz” Yangiliklar

Husan Temirov: “O'z vaqtida “Mashal”ning o'yinlarini “O'zbekiston Radiosi”ga sharhlaganmiz”

Qashqadaryolik taniqli sport sharhlovchisi Husan Temirovning hamon sevimli kasbi bilan shug'ullanib kelayotgani etirofga loyiq.
O'tkir so'zlari bilan ko'pchilik muxlislarning qalbidan joy olgan otaxon jurnalist kuni-kecha Muborakka tashrif buyurdi. “Mashal” – “Nasaf” uchrashuvini bevosita kuzatib borish bilan bir qatorda, viloyat televidieniyasiga ham sharhlab bordi. Muborakka qilgan safarimiz chog'ida, Husan aka bilan suhbatlashib, o'zining 30 yillik yubileyini nishonlayotgan “Mashal” futbol klubi to'g'risida fikrlarini ham bilishga qiziqdik.

- Husan aka, bu yil 30 yoshini qarshi olgan “Mashal” futbol klubi haqida nima deya olasiz? Bizningcha bu jamoani yaxshi bilsangiz kerak. To'g'rimi?
- “Mashal” bu – O'zbekiston futbolining faxri. Bugungi kunda Muborak jamoasi nafaqat milliy chempionatda ishtirok etmoqda, balki shu bilan birga o'zining yosh va iqtidorli o'yinchilarini turli terma jamoalarga etkazib bergan xolda, uning ravnaqiga hissa qo'shib kelmoqda. Hozir mamlakatimizdagi qaysi bir klubning tarkibiga qaramang unda ilgari “Mashal” akademiyasida tarbiya topgan o'yinchilarni uchratasiz. Bularning barisi hukumatimiz va muhtaram prezidentimizning futbolga bo'lgan katta etiboridir. G'amxo'rlik natijasida turli yosh toifasidagi terma jamoalarning, xalqaro musobaqalarda ijobiy natija qayd etayotganiga Qashqadaryo viloyati futboli, ayniqsa “Mashal” jamoasining mehnati ham yotibdi deb o'ylayman.

- “Mashal”ni nechanchi yildan buyon yaxshi bilasiz?
- Bu klubni men tashkil etilganidan buyon kuzatib kelaman. Ilgari bu jamoaning nomi “Fakel” edi. Zavod ishchi xodimlaridan tashkil topilgan. Keyinchalik mustaqillikka erishganimizdan so'ng, birinchi ligada ishtirok eta boshladi. O'sha paytlar kerak bo'lsa har bir uchrashuvdan bir soatlab “O'zbekiston radio”siga reportaj qilardik. SHu kunlar xuddi kechagidek yozdimizda turibdi. Xattoki yayov kezib, “Mashal”ning safardagi uchrashuvlariga borganmiz. Kunlarning birida Navoiyga borib, “Progress”ga qarshi o'yinini kuzatib kelganmiz. Marhum Botir Egamov degan inson bo'lgan. Qashqadaryo viloyati sport qo'mitasi risi edi. 15 yil faoliyat yuritdi. U kishi ham “Mashal” uchun juda ko'p elib-yugurdi. Bundan tashqari Jumqul Qurbonov degan tuman hokimi bor edi. U kishi ham klub ravnaqi uchun katta xizmat qildi. Qolaversa Nuriddin Zayniev ham ilgari “Muborak-neftgaz” unitar korxonasining rahbari va viloyat hokimi sifatida sidqidildan mexnat qilib, viloyat futbolini kuchaytirdi. Bularni hammasining boshida muhtaram prezidentimiz borligidan faxrlanamiz.

- SHu kungacha “Mashal”da ishlab ketgan murabbiylardan ko'proq kimlarni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Lyubishin, Serastanov, Lyotkin hamda Muborak jamoasining professional klub sifatida shakllanishida muhim o'rin tutgan Bahrom Davlatovni aytishim mumkin. Mana hozirda Aleksandr Xomyakov klubni avvalgi mavqeini tiklashda mehnat qilib kelmoqda. Rossiyalik murabbiy jamoani birinchi ligadan yana kuchlilar safiga olib chiqdi. Bunda tabiiyki klub xomiylarining ham beminnat yordamlari yotibdi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика