So’nggi yangiliklar

23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  1 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  1 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  5

Husan Temirov: “Bunyodkor”ning shashti baland emasdek ko'rindi” Yangiliklar

Husan Temirov: “Bunyodkor”ning shashti baland emasdek ko'rindi”

SHubhasiz, 25-turning eng markaziy o'yini Qarshida o'tkazildi. “Nasaf” o'z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindagi yagona golni penaltidan Artur Gevorkyan kiritdi. Ushbu uchrashuv haqidagi fikrlarini bilish maqsadida taniqli sharhlovchi, ayni paytda Qarshi markaziy stadionida suxandonlik qilayotgan Husan Temirovga murojaat qildik.

- Husan aka, o'yin haqida nima deya olasiz?
-  Qarshi markaziy stadionida bo'lib o'tgan “Nasaf” – “Bunyodkor” qarama-qarshiligini ko'pchilik qatori men ham katta qiziqish bilan kuzatdim. Albatta, “Nasaf”ning 1:0 hisobida g'alaba qozonganidan xursandman. Bu g'alaba barcha qashqadaryoliklarni xursand qilib yubordi.

- Sizningcha, “Nasaf” nimaning evaziga “Bunyodkor”ni mag'lubiyatga uchratdi?

- Avvalo muxlislarning ajoyib tarzda qo'llashi evaziga deb o'ylayman. SHu kuni stadion deyarli to'ldi va bu futbolchilarning ruhiyatini ko'tarib yubordi. Natijada “nasafchilar” tezda tashabbusni o'z qo'llariga olishdi. “Bunyodkor”ning esa shashti baland emasdek ko'rindi. Ulardan Xayrulla Karimov chetlatildi, Pishurning o'yini qovushmadi. Yo'qsa, “Bunyodkor” - kuchli jamoa.


- “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev haqida fikringiz qanday?

- Berdiev klub bosh murabbiyi sifatida bu yil to'liq mavsumni o'tkazdi. Menimcha, u yaxshi ishladi. Kuchli jamoani shakllantira oldi deb ayta olaman.


- Ro'ziqul Sadullaevich “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topilishi mumkin...

- Menimcha, ham shunday bo'ladi. Agar Dilshod Nuraliev jahon chempionatida Gondurasdan o'tganida uning ham nomzodi qo'yilardi. Lekin hozir Ro'ziqul Berdievda imkoniyat ko'proq.


- Bu yil “Nasaf” chempion bo'lishi mumkinmi?

- Buning uchun “Bunyodkor” Jizzaxda, “Lokomotiv” Buxoroda qoqilishi, “Nasaf” esa Olmaliqda g'alaba qozonishi kerak. Jamoa Olmaliqqa faqat g'alabani ko'zlab borishini malum qildi. Lekin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Agar “Nasaf” chempion bo'lsa, bu Qashqadaryo ahli uchun katta bayram bo'ladi.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика