So’nggi yangiliklar

19:55Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  0 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  2 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4

Hurshid Yo'ldoshev: “Qizilqum”ni oliy ligada qolishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz” Yangiliklar

Hurshid Yo'ldoshev: “Qizilqum”ni oliy ligada qolishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz”

Xabaringiz bo'lsa kerak, dushanba kuni oliy liganing 17-tur o'yinlaridan o'rin olgan ayrim bahslar o'tkazildi.
Jumladan chempionat autsayderi “Qizilqum” o'z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi va muxlislarga o'ziga xos sensacion natijani taqdim etdi. Boisi chempionlik uchun kurashyotgan temiryo'lchilar o'yining 90+4-daqiqasida o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib, qimmatli ochkolarni boy berdi. Bahsdagi yagona gol muallifi bo'lgan Hurshid Yo'ldoshev (9-raqam) bugun ushbu o'yin xususida championat.asia ga blic intervyu berdi. Aytish kerakki, surxondaryolik ushbu futbolchi “Qizilqum”ga ikkkinchi davra arafasida “So'g'diyona” tarkibidan kelib qo'shilgan.

- Hurshid aka, avvalo qo'lga kiritilgan g'alaba bilan muborakbod etamiz. Ochig'i, chempionat peshqadamini mag'lubiyatga uchratishinglarni ko'pchilik kutmagandi. SHu bois bu o'ziga yarasha sensaciya  bo'ldi. Aytingchi “Lokomotiv”ni nimaning hisobiga mag'lubiyatga uchratdinglar?
- Tabrik uchun rahmat. O'yin juda ham tomoshabop ruhda o'tdi. Hech bir jamoani o'yinda to'liq ustunlikka erishdi deb bo'lmaydi. Boisi bizda ham raqib jamoada ham, golli vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo ularning barisi gol bilan yakunlanmadi. Biz o'yining oxiriga qadar kurashdik va yakunda niyatimizga etdik. O'zingizga yaxshi malumki, bundan tashqari davralar oralig'ida jamoamiz tarkibida katta o'zgarishlar qilindi. 15 nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. Ular bilan asta-sekin maydonda tushunib boryapmiz.

- “Lokomotiv” bungacha chempionatda birinchi o'rinni egallab kelayotgandi. SHu bois faqat ochig'ini ayting, bu jamoa bilan durang o'ynash ham sizlarni qoniqtirarmidi yoki g'alaba qozonish vazifasi qo'yilmaganmidi?
- Bugungi kunda turnir jadvalida egallab turgan o'rnimizni o'zingiz juda yaxshi bilasiz. Bu hozir klubimizning hech bir vakilini qoniqtirmayapti. SHu bois rahbariyat tomonidan barcha o'yinda, raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, faqat g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan. Ishoning, “Lokomotiv” bilan o'yindan oldin g'alabani ko'zlab tushgandik. SHuning uchun ham bahsning so'nggiga qadar himoyaga yotib olmaslan, hujum qilishni susaytirmadik.

- Uchrashuvdagi yagona gol sizning hisobingizga yozildi. “Qizilqum” uchun uch ochko keltirgan golni urganingizdan so'ng, boshizdan qanday xislarni o'tkazdingiz?
- Albatta bunday uchrashuvlarda foydali to'plarni kiritish doimo yoqimli. Raqib darvozasini ishg'ol etganimdan juda quvondim.

- Nima deb o'ylaysiz, ushbu g'alabadan so'ng, “Qizilqum” uchun muvaffaqiyatsizliklar ortda qoldimikin?
- SHunday deb niyat qilamiz. Nasib bo'lsa, keyingi o'yinlarda ham muxlislarimizni quvontiramiz. Bizga o'zi bitta g'alaba kerak edi. Aslida oldingi bahslarda ham yomon o'yin ko'rsatmagandik. Biroq hakamlar xatosi va shunga o'xshash ayrim sabablarga ko'ra bundan oldingi uchrashuvlarda ochkolarni boy berdik. Umid qilamanki, endi omadsizlarning barchasi ortda qoldi.

- “Qizilqum”ning kuchlilar safida qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?
-  Bu borada imkoniyatimizni ellikka-ellik deyish mumkin. Lekin hali oldinda bir qator o'yinlar bor. Agarda ularda ijobiy natijalarsha erishi olsak, vazifani uddalay olamiz. Boshqacha aytganda, “Qizilqum”ning elitada qolishi uchun bor kuchni ishga solamiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика