Humoyun Murtazoev: “Terma jamoadan chaqiruv olish har bir futbolchining orzusi”
19 may 2019 09:58
Yangiliklar


Humoyun Murtazoev: “Terma jamoadan chaqiruv olish har bir futbolchining orzusi”
Superliganing 9-turida doirasida “Nasaf”- “Qo'qon-1912” (2:0) uchrashuvidan bellashuvning qahramoniga aylangan qarshiliklar hujumchisi Humoyun Murtazoev o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
-Gol urganimdan xursandman. Yanada ko'proq to'p kiritishim mumkin edi. Birozgina omad etishmadi. Asosiysi g'alaba qozondik. Endi mashg'ulotlarda birga bir vaziyatlardan samarali foydalanish borasida ishlayman.
Terma jamoada o'ynash har bir futbolchining orzusi. Qani edi bizni ham chaqirishsa, bor kuchimiz bilan o'ynar edik,-deydi Humoyun Murtazoev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar