Humoyun Murtazoev: "Biz barchasiga tayormiz"
06 apr 2018 11:27
Yangiliklar


Humoyun Murtazoev: "Biz barchasiga tayormiz"
"Mashal" klubi hujumchisi Humoyun Murtazoev "Andijon" bilan bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun PRO-Ligada o'zimizning dastlabki bahsimizni boshlaymiz. Safarda bo'ladigan bahsni muxlislarimiz intiqlik bilan kutishmoqda, chunki bu yangi tizimdagi chempionatda jamoamizning haqiiy kuchi namoyon bo'ladi. Muxlislarimizni faqat birgina g'alabamiz emas balki, ularni Superliga yo'llanmasigina xursand qila oladi. Ishonamanki ular uchun quvonchli kunlar hali oldinda. Bu mavsum bir qator yoshlar jamoamizning asosiy tarkibida o'zlarini sinovdan o'tkazib olishadi. Hozirda "Mashal" uchun klub rahbariyati barcha qulayliklarni qilib bo'lishdi. Endi esa navbat bizga keldi. Biz "labbay" deya javob qaytaradigan vaqtlar yaqinlashdi. Biz barchasiga tayyormiz "Mashal"ga omad yor bo'lsin", - deydi Murtazoev.
Dilshod Safarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0

Fikrlar