So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  1 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  10 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  37 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

Hujumkor "Atalanta" hech kimdan qo'rqmaydi, ammo... Yangiliklar

Hujumkor "Atalanta" hech kimdan qo'rqmaydi, ammo...

Gasperini jamoasiga bo'lgan muhabbat izxori.

"Atalanta" tarixida ilk bor CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo'ldi: g'alaba, to'rtta gol. Gasperini jamoasi o'yinlarini tomosha qilmaganlar uchun bu kutilmagan holat bo'ldi. "Atalanta" imkoniyatlardan ajoyib foydalana oldi (darvozaga 5ta aniq zarba va 4ta gol, Ilichich juda qiyin zarbani amalga oshirdi).

So'nggi 2 oy ichida "Atalanta" hujumini to'xtatishning iloji bo'lmadi: jamoa bu vaqtda "Milan"ga 5ta, "Parma"ga 5ta, "Torino"ga 7ta va "Valensiya"ga 4ta gol urishga erishdi. CHempionat doirasidagi uchrashuvlarda Gasperini shogirdlari hammadan ko'proq gol urgan jamoa hisoblanadi — 24 o'yinda 63ta gol ("Inter"dan 14ta, "Yuve"dan 17ta ko'p).

"Atalanta" CHempionlar Ligasi guruh bosqichidan qanday chiqib olgani yodingizdami? Umumiy hisob 2:11 va 3-turdan so'ng oxirgi o'rin — keyin esa 2ta g'alaba va 1ta durang ("Man Siti" bilan) hamda pley-off yo'llanmasi. "Atalanta" Ispaniyada hujumkor o'yin namoyish etishi aniq, boshqacha bo'lishi mumkin ham emas (axir Gasperini vada bergan-ku!).


Gasperini — 60 yoshdan so'ng omadi chopgan murabbiy

Nagelsmann, Lempard va qaysidir manoda Kontening ham murabbiylik faoliyati hali oldinda. Gasperini esa 62 yoshda! "Atalanta"— uning merosi. Jan Peroning yana shunday jamoasi bo'lishi dargumon. Gasperini Bergamo klubiga kelgunga qadar "Inter"da uch oy ishlagan. Ungacha esa "Jenoa"ni boshqargan, ammo rahbariyat unga yangi o'yinchilar sotib olib bergandan keyinroq ishlari teskari tomonga ketadi. SHuningdek, murabbiy "Palermo"da ham faoliyat yuritgan (bu erda maqtanadigan narsaning o'zi yo'q). 

"Atalanta" — uning faoliyatidagi eng yuqori cho'qqidir. Uzoq vaqt davomida u hammaning ko'ziga omadsiz murabbiy sifatida ko'ringan (Gvardioladan tashqari).

"Tarixga kirishimiz uchun doimo imkoniyatimiz bo'lgan. Ulardan foydalanish zarur. Biz buning uddasidan chiqa oldik", — degan edi Gasperini CHempionlar Ligasi guruh bosqichidan chiqqandan so'ng.


Pashalich, Gomes va Ilichich — bu shou

Ilichichning ajoyib uzatmasidan so'ng Pashalich birga-bir vaziyatga chiqib ketgani yodingizdami? Gomesning driblingi "Valensiya" o'ng qanot himoyachisiga qanday tasir qilganichi? Ilichich ikki raqibini aldab o'tib, uzoqdan zarba bilan "Atalanta"ning ikkinchi golini urganichi? "Atalanta"ning hujumkor uchligi? Ular xuddi bolaligidan birga katta bo'lgan qalin do'stlardek harakat qilishmoqda. Ha, tarifga til ojiz.

Ularning har biri haqida qiziqarli malumotlar bor. Mario Pashalich — "Spartak"da omadi yurishmagan o'yinchi. Ikki yil oldin Dmitriy Alenichev uni o'rtamiyona futbolchi deb atagandi. Ammo endi u CHempionlar Ligasi pley-off bosqichida harakat qilmoqda. Bu kimlarnidir tushiga ham kirmasa kerak. Papu Gomes esa oxirgi kunlardagi eng qiziq intervyu egasi bo'ldi. Uning aytishicha, maydonda poziciya tanlashda doim hakamga etibor berar ekan.

Yosip Ilichich — Italiyaning bu mavsumdagi kuchli o'yinchilaridan biri sanaladi. Har 90 daqiqada u o'rtacha 0,9ta gol, 3tadan zarba berish uchun qulay to'p oshirishi va 3,2 omadli aldamchi harakatlar — A Seriya o'yinchisi uchun ajoyib ko'rsatkich. "Valensiya"ga qarshi bahsdan bir necha kun avval Yosip orzusi haqida gapirgandi — CHempionlar Ligasidagi ilk golini urish (mana uning orzusi ham ushaldi). Oliy orzusi esa CHempionlar Ligasi finalida gol urish ekan! Ha, omad yor bo'lsin deymiz.


"Atalanta" bunday himoya chizig'i bilan ECHLda uzoq qololmasa kerak...

Ispaniyaliklar bosh murabbiyi Albert Selades o'yindan keyin "Valensiya" kambek qila olsa bu mo'jiza bo'lmasligini aytdi. Va u haq, chunki shu o'yinda ham jamoasi 3-4ta gol urish uchun o'ta qulay vaziyatlar yarata olgandi. 

Hisob 1:0 ekanligida, Ferran Torres zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi, Gonsalu Gedesh esa qulay vaziyatda to'pni darvozaning uzoq burchagiga aniq yo'llay olmadi. Keyin esa Maksi Gomes bo'sh darvozaga gol urolmadi, Torresning ham o'yin yakunida qulay vaziyatda omadi chopmadi. "Valensiya" ko'proq zarba berdi — 18ta ("Atalanta" 11ta). Aniq zarba berish borasida ham ustunlik mehmonlar tomonda edi — 10ta (mezbonlar 5ta). SHu sababli ham, "Valensiya" bu oqshom yirik hisobdagi mag'lubiyatga loyiq emasdi.

Tarkibida bundan kuchliroq futbolchilari, aniqrog'i ustaroq hujumchilari bor jamoa "Atalanta"ni ancha qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin edi. 

Gasperini o'yindan so'ng o'zi tan oldi: "Biz o'zimiz uchun qulay vaziyatlar yaratdik, raqib esa sovg'alarga ega bo'ldi. Biroz eyforiyaga berilib ketdik shekilli, vaqti-vaqti bilan koncentraciyani yo'qotib qo'ydik. Nimalarni noto'g'ri qilganimiz haqida o'ylab, tahlil qilib ko'ramiz. Bu esa bizga kelgusida saboq bo'ladi. Javob uchrashuvida shu natijaga loyiq ekanimizni isbotlay olishimiz shart".

Jan Pero shogirdlari bu mavsum himoyadagi o'yinni ham nisbatan yo'lga qo'yib olgandek. Jamoa A Seriyada o'z darvozasiga eng kam zarba berish imkonini qoldirgan klublar ichida 2-o'rinda ketmoqda, lekin evroarena uchun jamoa himoyasi hali ham tayyor emasdek, go'yo. 

SHunday ekan, "Atalanta"ning ECHLdagi o'yinlaridan bahra oling, ular bu erda uzoq qolmasligi mumkin. Ammo, lekin, biroq... Bir yil avval "Ayaks" haqida ham ko'pchilik shunday fikr bildirgan edi…


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика