Hozircha Suriyaning faqat ayrim futbolchilari mehmonxonaga joylashgan
04 sen 2018 17:47
Yangiliklar
Hozircha Suriyaning faqat ayrim futbolchilari mehmonxonaga joylashgan
Xabaringiz bor, 6 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 sentyabr kuni Suriya termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Hozircha Suriya termasi to'liq jamoa bo'lib yig'ilgani yo'q. Poytaxtimizdagi "Lotte City Hotel Tashkent Palace" mehmonxonasida faqat ayrim futbolchilar va jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi joylashgan, xolos. Jamoaning qolgan azolari bugun kechki payt mehmonxonaga etib kelishlari kutilmoqda.
Bizga malum bo'lishicha, bugun kechki payt Suriya termasining mashg'ulot o'tkazishi rejaga kiritilgan. Jamoa murabbiylaridan birining aytishicha, mashg'ulot 20:00da boshlanadi, lekin qaysi stadionda bo'lib o'tishini hali bilmaydi. Hozircha mehmonxonada bo'lib turgan suriyalik futbolchilardan eng mashhuri Omar Al Soma. Malumki, ushbu hujumchi Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubida to'p tepadi.
X.Xoliqov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar