So’nggi yangiliklar

09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  10 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  7 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  7 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  5 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  36 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  9 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  3 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  31

OFK Kubogi-2021. "Hozir jamoalarni kuchli yoki kuchsizga ajrtadigan vaqt emas". Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani + GALEREYA Yangiliklar

OFK Kubogi-2021. "Hozir jamoalarni kuchli yoki kuchsizga ajrtadigan vaqt emas". Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani + GALEREYA

Qarshining "Nasaf" jamoasi ertaga Qirg'izistonning "Oloy" klubiga qarshi o'yin bilan OFK Kubogi-2021dagi yurishini boshlaydi.

Bugun ushbu uchrashuvdan oldin ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.

"Barchaga hayrli kun. Avvalambor hammani hayit bayrami bilan tabriklayman. Tutgan ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin. Musobaqaga tayyorgarlik haqida fikr bildiradigan bo'lsam, mazkur turnirga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdik. Raqiblarimiz oddiy jamoalar emas. Oldinda bizni oson bo'lmagan uchrashuvlar kutmoqda. Kayfiyatimiz yaxshi. Munosib tayyorgarlik ko'rdik. Buni ertaga maydonga chiqib isbotlashimiz qoldi", - dedi Berdiev.


Akmal Mozgovoy: "Murabbiyimiz aytganidek yaxshi tayyorgarlik bilan bu erga etib keldik. Ertaga qiziqarli o'yin va kerakli natijani qo'lga kiritishga harakat qilamiz. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi".


- O'zbekistonda futbol darajasi Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarga qaraganda bir muncha yuqori. Savolim ertangi raqibga qanday qarayapsiz? (mahalliy jurnalist)

- Daraja haqidagi fikringizga unchalik qo'shilmagan bo'lardim. OCHLda hamma ko'rgan bo'lsa kerak, Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi ko'pchilikni hayron qoldirdi. Vaholanki, ko'pchilik "Al Hilol" va "Paxtakor"ni favorit deb o'ylagandi. Biz raqiblarimizga jiddiy munosabatda bo'lyapmiz. Hozir kuchli yoki kuchsizga ajratadigan payt emas. Guruhimizdagi to'rtta jamoa ham bir hil darajada. O'yin qanday bo'lishini ertaga ko'ramiz.

- OFK kubogi musobaqasi jamoangiz uchun nufuzli turnirmi?

- Biz uchun, ha. Bilasizlar jamoamiz yosh. Ushbu musobaqa yosh futbolchilarga tajriba to'plash uchun qulay imkoniyatdir. OFK kubogi muhim musobaqa sanaladi. Birinchi galdagi maqsad - guruhdan chiqish.


- "Nasaf" uch kundan beri o'yin bo'lib o'tadigan stadionda mashg'ulot olib bormoqda. Suniy qoplamali maydon bo'lgani uchun futbolchilarning mushaklarida og'riqlar kuzatilmadimi?

- SHu o'rinda tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib o'taman. Mashg'ulotlarda hech qanday jarohat olish holatlari bo'lmadi. To'g'ri, bu biz uchun noqulay. 2-3 kun ichida moslashib olishga harakat qildik.

- Bu jamoadagi ko'plab futbolchilar uchun ilk xalqaro musobaqa bo'ladi. Bunday katta turnirlarda yosh futbolchilarda hayajon bo'lishi mumkin. Ayni paytda bu borada holat qanday?

A.Mozgovoy: "Hayajon yo'q. Ertaga bor mahoratimizni ko'rsatamiz".


Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Oloy" bahsi ertaga, 14 may kuni soat 17:00da start oladi. Bellashuv Dushanbedagi "Respublika Markaziy stadioni"da bo'lib o'tadi.

"Nasaf" - "Oloy" bahsidan oldingi matbuot anjumanidan to'liq galereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика