So’nggi yangiliklar

17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:02Про лига. "Олимпик" "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)   0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  0 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  5 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  54 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  2 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2 14:36"Ливерпуль" билан ўйин олдидан "Арсенал" мухлислари учун нохуш хабар  4 14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  12 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  12 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  12

Hormang, usta! Yangiliklar

Hormang, usta!

“Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov bugun o'zining tavallad ayyomini, muborak 60 yoshini nishonlayapti.
Qutlug' sana bilan biz Rustam To'xtamurodovichni barcha bekobodliklar –  “Metallurg” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda minglab ishqibozlari nomidan samimiy tabriklaymiz!U kishiga uzoq umr, sihat salomatlik, oilaviy tinchlik, xotirjamlik, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hamisha el ardog'ida bo'lishini istab qolamiz.
Rustam aka samimiy, kamtarin inson, o'z ishining bilimdoni, ustasi. Hamisha izlanuvchan, sabr-toqatli, mehnatsevar, boshlagan yumushini oxirigacha etkazmasdan qo'ymaydigan murabbiy. SHu boisdan ham qaerda, kim bilan ishlamasin u kishi haqida hamisha iliq fikr, taassurotlar qoladi. Yana bir jihati Rustam akaning barchaga bir xilda munosabatda bo'lishida desak mubolag'a bo'lmaydi. Kattaning ham, kichikning ham fikrini tinglaydigan,  hammaga yordam berishga intiladi. Katta muvaffaqiyatlarga erishsada doimo o'ziga tanqidiy yondoshadi. Do'stlari davrasida shinavanda, xushchaqchaq, hazilkash inson. Yutuqlaridan aslo mag'rurlanmaydi, muvaffaqiyatlari zamirida hamkorlarining, birga ishlayotgan maslakdoshlarining ulushi beqiyos ekanligini esdan chiqarmaydigan, alohida takidlaydigan kishi.

Rustam Mirsodiqov o'zbek futbolining fidoyi, jonkuyar vakillaridan biri. Bolalik choqlaridagi qiziqishi uni Titov nomidagi Respublika oliy sport mahorati maktabiga boshlab keldi. Maktab-internatda keyinchalik nafaqat mamlakatimizda mashhur bo'lgan, balki dunyoga dong taratgan yurtdoshlarimiz Vladimir Fedorov, Olim Ashirov singari futbolchilar bilan birgalikda mahoratlarini oshirishdi. I.Toshmuhammedov, YA.Aranovich, V.Yatchenko singari murabbiylardan charm to'p sirlarini o'rgandi. O'sha yillari respublikamizning bosh jamoasi – “Paxtakor” futbol klubiga V.Solovev bosh murabbiy etib tayinlandi. Vyacheslav Dmitrievich qisqa fursat ichida respublikamizning barcha hududlaridan eng iqtidorli yoshlarni “Paxtakor” tarkibiga jalb etdi. Ular orasida R.Mirsodiqov ham bor edi. Rustam aka 3 yil “Paxtakor” o'rinbosarlari tarkibida to'p surdi. Keyinchalik Toshkentning “Traktor” (1975-76), Jizzaxning “Bo'ston” (1977-80), Samarqandning “Dinamo” (1981-83) jamoalarida o'ynadi. Futbolchilik faoliyatini Toshkent viloyatining “Sohibkor” (1985-87) jamoasida yakunladi. Bu jamoalarning o'sha davrda qanday muvaffaqiyatga erishganligi haqida ortiqcha izohga hojat yo'q.

Rustam Mirsodiqovning murabbiylik sohasiga kirib kelishi ham mamlakatimizning bosh jamoasi – “Paxtakor” bilan bog'liq. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach. 1992 yildan O'zbekiston chempionatlari yo'lga qo'yildi. “Paxtakor” birinchi mavsumda Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bilan bir xil – 51 tadan ochko jamg'arib, mamlakat chempioni bo'lgandi. Jamoa bosh murabbiyi Ahrol Inoyatovga Rustam Mirsodiqov va Ahmad Ubaydullaevlar yordam berishgan. 1994 yildan R.Mirsodiqovning bosh murabbiylik faoliyati boshlandi. Dastavval “Politotdel”(keyingi nomi – “Do'stlik”)da, so'ngra MHSK, “Do'stlik”, “Qizilqum”, “Lokomotiv” jamoalarida ishladi. 2008 yildan Bekobodning “Metallurg” jamoasini boshqarib kelmoqda. SHu yillar ichida Rustam Mirsodiqov shogirdlari 3 marta O'zbekiston chempioni bo'lishdi. Mamlakat kubogini qo'lga kiritishdi. Boshqa jamoalar bilan ham R.Mirsodiqov etiborga molik natijalarni qayd etib kelmoqda. Qaerda ishlamasin, muxlislar diliga xush yoquvchi, hujumkor o'yin namoyish etib, jamoa oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarib kelyapti. R.Mirsodiqov 1997 yili O'zbekiston terma jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishladi. Uning boshchiligida milliy terma jamoamiz 12 ta uchrashuv o'tkazib, 5 ta o'yinda g'alaba qozongan, 3 ta uchrashuvda durang o'ynagan va 4 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 29-21, O'zbekiston terma jamoasi foydasiga. Bu o'yinlar Franciyada bo'lib o'tgan jahon chempionatining saralash o'yinlari edi. Yaponiya, Janubiy Koreya singari qitamizning eng kuchli jamoalariga qarshi o'tkazilgan ilk o'yinlar edi...

Xullas, sahifalarni varaqlasak, yodga oladigan, g'ururlanadigan voqealar, malumotlar anchagina. Biroq muxtasar maqolamiz avvalida takidlaganimizdek, Rustam To'xtamurodovich yutuqlar bilan maqtanishni xush ko'rmaydi. Bugun bilan yonib yashaydi. Bugungi vazifasini mukammal bajarish harakatida tinim bilmaydi. Biz esa yakunda yubilyarimiz faoliyati futbol jamoatchiligi tomonidan munosib etirof etilganligini eslatib o'tmoqchimiz. Yil yakunlariga ko'ra aniqlanuvchi “eng yaxshi murabbiy” so'rovnomasida Rustam Mirsodiqov 1996 va 1999 yillarda uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 1997 yili birinchi pog'onaga munosib ko'rilgan. O'sha g'ayrat, o'sha shijoat Sizni hech qachon tark etmasin. Oilangiz baxtiga omon bo'ling, futbolimiz ravnaqiga qo'shayotgan ishlaringizdan aslo tolmang. Hormang, usta!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика