So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  19 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  0 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10

"Hokim kubogi": "Neftchi-1"dan yana bir g'alaba Yangiliklar

"Hokim kubogi": "Neftchi-1"dan yana bir g'alaba

Teglar :  Neftchi
Bugun Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida Namanganning “Norin” hamda “Neftchi-1” jamoalari o'zaro raqobat olib borishdi.

Bu safargi o'yinda Andrey Fyodorov O'tkir Yusupovga ilk daqiqalardan imkoniyat berdi. “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi bahsda Abdumavlon Abdujalilov jamoa darvozasini qo'riqlagan edi. SHuningdek, yarim himoyachi Damir Nizanov ham “Norin”ga qarshi asosiy tarkibda o'yin boshladi. Aytish kerakki, Damir “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi raqobatda o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan edi.

O'yinga keladigan bo'lsak, bellashuv “Neftchi-1” futbolchilarining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Otabek Isroilov tomonidan kiritilgan to'p Andrey Fyodorov shogirdlariga turnirdagi ikkinchi g'alabani taqdim etdi. Malumot o'rnida, “Neftchi-1” o'tgan galgi bahsda “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi 4:1 hisobida taslim qilgan edi.

“Hokim kubogi-2016”. Qirguli. “Neftchi” SK stadioni.

“Norin” (Namangan) – “Neftchi-1” (Farg'ona) 0:1
Gol:
Otabek Isroilov.
“Norin”: Artur Parvonov, Alijon Alijonov, Alisher Abdullaev, SHoirbek Ro'ziev, Farrux Nurboev, Sardor Safarov, Doston Ibragimov, Eldor Ergashev, Anvar Abduqodirov, SHokir Yoqubjonov, Umar To'xtasinov.
Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Javohir Sadirov, Muhammad Nuriddinov, Dilnur Malikov, SHahboz Ergashboev, Ilhom Tojiboev, Muqum Toshmatov, Iskander Ismoilov.

“Neftchi-1”: O'tkir Yusupov, SHukur Po'latov, Doston Tursunov, Ilxom Boydedaev, Umid Qodirov, Muxsin Ubaydullaev, Sardor Eminov, Alisher Samatov, SHerzod Hakimov, Damir Nizanov, Otabek Isroilov.
Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Sardor Qulmatov, Dilyor Irmatov, Javohir Rasulov, Baxtiyor Yoqubov, Abdurahmon Abdulxaqov, Murod Bobojonov.

 Eslatib o'tamiz, “Neftchi-1” navbatdagi o'yinini 3 fevral kuni “Andijon” jamoasiga qarshi olib boradi. Andijonliklarga qarshi bellashuv ham Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика