"Hokim kubogi": “Neftchi-1” - “Qo'qon-1912-2” - 1:0
04 fev 2016 19:28
Yangiliklar


"Hokim kubogi": “Neftchi-1” - “Qo'qon-1912-2” - 1:0
Keskin kurashlarga boy o'tgan bellashuvda maydon egalari kichik hisobda g'alaba qozonishdi. 5-daqiqada Dilyor Irmatov Andrey Baklanov darvozasini aniq nishonga olib hisobni ochdi. Qo'qonliklar ikkita taymda ikki xil tarkib bilan o'ynashdi. Aytish kerakki, xar ikkala bo'limda Murod Ismoilov shogirdlari “Neftchi-1” vakillariga jiddiy raqobat ko'rsatishdi.
“Hokim kubogi-2016”. 5-tur.
“Neftchi-1” – “Qo'qon-1912-2” 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 5 Dilyor Irmatov.
“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, SHukur Po'latov, Jahongir Mehmonov, Dilyor Irmatov, Ilxom Boydedaev, Javohir Rasulov, Umid Qodirov, Alisher Samatov, Sardor Eminov, Damir Nazinov, Otabek Isroilov.
Zahira: O'tkir Yusupov, Sardor Qulmatov, Doston Tursunov, Muxsin Ubaydullaev, Jamshid Xoshimov, Murod Bobojonov, Anvar Aminjonov.
“Qo'qon-1912-2”: Andrey Baklanov, Asliddin Soyipov, Nosir Otaqo'ziev, Avazxon Mamatqo'ziev, Aziz To'xtaboev, Orif Mamajonov, Furqat Hasanboev, Iqbol Malikjonov, Oybek Rustamov, Aziz Ibragimov, Nodirbek Qo'ziboev.
Mazkur natijadan so'ng “Neftchi-1” final chiptasini deyarli aniq qildi. Fyodorov shogirdlari final oldidan so'nggi bahsini “O'zDongJu” jamoasiga qarshi Qirgulidagi stadionda olib borishadi. Uchrashuv ertaga, 5 fevral kuni soat 15:00da bo'lib o'tadi. Barcha muxlislarni ushbu bellashuvga chorlab qolamiz!
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar