"Hokim kubogi": Finaldan oldingi final Qirgulida bo'ladi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2016, 14:40
Shu kunlarda Farg'onada bo'lib o'tayotgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2016” musobaqasi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

“Qo'qon-1912-1” jamoasi bugun 3-turda g'alaba qozondi va ochkolar sonini 9 taga etkazib oldi. Mazkur g'alabadan keyin vakillarimiz finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilishdi.

Ertaga esa jamoamiz guruhdagi asosiy raqib “Qizilqum” bilan maydonga tushadi. Mazkur bahs muxlislar tomonidan finaldan oldingi final deb etirof etilmoqda.

Ushbu uchrashuvning o'tkazilishi joyi o'zgardi. Oldingi taqvimga ko'ra, o'yin Farg'ona davlat universtitetining sport sog'lomlashtirish majmuasi (FarDU) stadionida bo'lib o'tishi lozim edi. Endi ushbu bahs Qirgulidagi “Neftchi SK” stadionida o'tadigan bo'ldi. Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi. Barcha muxlislarni ushbu o'yinga taklif etib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz