"Hokim kubogi": “Cementchi” – “Neftchi-2” uchrashuvi statistikasi
04 fev 2016 15:06
Yangiliklar


"Hokim kubogi": “Cementchi” – “Neftchi-2” uchrashuvi statistikasi
Burchak to'plari.
Uchrashuv davomida “Neftchi” yoshlari 2 marta burchak to'pi tepishdi. “Cementchi” esa 9 marta.
Qo'polliklar.
O'yinda “Neftchi-2” vakillari 12 marta raqibga nisbatan qo'pollik qilishdi. Quvasoyliklar esa 13 marta fol ishlatishdi.
Umumiy zarbalar:
Bellashuv davomida Baxrom Haydarov shogirdlari raqib darvozasiga umumiy 8 marta zarba berishdi. “Cementchi” vakillari esa 10 marta.
Aniq zarbalar:
“Neftchi” yoshlari 4 marta raqib darvozaboniga aniq zarba yo'llashdi. Hakimov shogidlari esa 5 marta darvozaga aniq zarba berishga muvaffaq bo'lishdi.
Jarima to'plari:
“Neftchi-2” futbolchilari o'yinda 13 marta jarima to'pi tepishdi. “Cementchi” esa 12 marta.
Ogohlantirishlar.
Uchrashuv bosh hakami Ravshan Kapadze 1 marta “Neftchi”, 2 marta “Cementchi” vakillarini sariq kartochka bilan jazoladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bellashuvda “Cementchi” 2:1 hisobida “Neftchi-2”ni mag'lub etdi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar