“Hokim kubogi-2016”. "Neftchi-2" musobaqani durang bilan boshladi
29 jan 2016 21:12
Yangiliklar


“Hokim kubogi-2016”. "Neftchi-2" musobaqani durang bilan boshladi
“Neftchi-2” jamoasi nomi ostida turnirda ishtirok etayogan jamoamiz yoshlari ilk turda yana bir Farg'ona jamoasi “FarDu-Futbol info” bilan dastlabki ochkolar uchun kurash olib borishdi.
O'yinning ilk bo'limida “Neftchi” vakili Ibroxim No'monov yo'llagan zarba raqib himoyachisiga tekkan xolda “FarDu-Futbol info” darvozasiga yo'l oldi va shu tariqa bahsda hisob ochildi. Oradan ko'p o'tmay “FarDu-Futbol info”dan Elyor Mo'ydinov hisobni tenglashtirdi. 1:1. Jamoalar shu ko'rinishdagi hisob bilan bo'limni tugatishdi. FarDu sport majmuasi stadionida kechgan ikkinchi taymda esa boshqa gol kiritilmadi.
29 yanvar. Farg'ona shahri. “Hokim kubogi-2016”. 1-tur.
“FarDu-Futbol info” – “Neftchi” 1:1
Gollar: Ibroxim No'monov, 1:0. Elyor Mo'ydinov, 1:1.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar