So’nggi yangiliklar

23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 23:10"Лилль" — ПСЖ. Таркиблар маълум  4 22:55"Сельта" — "Атлетико". Таркиблар маълум  2 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  17 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  66

Hojiakbar Alijonovning "Lokomotiv"da o'ynayotgan ukasi bilan suhbat Yangiliklar

Hojiakbar Alijonovning "Lokomotiv"da o'ynayotgan ukasi bilan suhbat

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi joriy mavsumda o'z falsafasi va rivojlanish siyosatini o'zgartirgan holda bir qator yosh futbolchilarga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat bermoqda.

Avalgi yillarga qaraganda bu mavsumda asosiy tarkibda debyut qilgan yosh futbolchilar soni ko'payganini ko'rishimiz mumkin. Dilshod Komilov, Asadbek Ergashev, Toxir Rafaelov, va hokazo. Bugungi suhbatdoshimiz iqtidorli futbolchi, "Lokomotiv" klubi tarbiyalanuvchilaridan biri Javohir Alijonov ham astoydil mehnat qilgan holda sekin-asta boshlang'ich tarkibdan o'rin olib kelmoqda. Yaqinda ushbu futbolchi bilan intervyu tashkil qilib bevosita yaqindan tanishish bilan bir qatorda o'zimizni qiziqtirgan ayrim savollarga ham javob oldik. 

Futbolga kirib kelishi

Millionlar o'yiniga  "Paxtakor" jamoasi orqali kirib kelganman. O'shanda taniqli yoshlar murabbiyi Timur Olimxo'jaev qo'l ostida shug'ullanganman. Lekin, ayrim sabablarga ko'ra taqdir taqozosi bilan Toshkentning boshqa bir jamoasi "Lokomotiv"ga o'tdim va Alisher Bozorov ustozligidagi jamoaga qabul qilindim. 2018 yilgi mavsumda o'rinbosarlar jamoasida debyutimni o'tkazdim, bu mavsumdan etiboran asosiy tarkibga jalb qilinib kelmoqdaman. Birinchi poziciyam hujumchi bo'lgan. Umuman olganda "Lokomotiv" Superligadagi eng kuchli jamoalardan biri sanaladi. SHuningdek bu erda ajoyib oila bor. 

Bolalikdagi kumirlari va havas qilgan futbolchisi

Bolaligimda braziliyalik afsungar Ronaldinoning o'yinlariga qiziqishim yuqori bo'lgan, uning "Barselona", "Milan"dagi ajoyib va aqlbovar qilmas harakatlariga havas qilardim. O'zimizdan esa Jaloliddin Masharipovning qanotlardagi reydlari, fintlarini, to'p bilan muomalar qilishlarini ko'rib kuzatib borardim. 

Futbolchi bo'lishdan maqsad nima?

Asosiy maqsadim o'zbek futbolini jahonga tanitish, kelajakda Evropaning top besh chempionatlarida to'p tepishni istayman. SHuningdek, har bir futbolchining maqsadi bo'lganidek O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish. Buning uchun qattiq mehnat qilish kerakligini tushunaman. 


O'rinbosarlar safidagi chempionlik

"Lokomotiv" o'rinbosarlari o'z tarixida ilk bor chempionlikni qo'lga kiritdi. SHu bois chempionlikgacha bosib o'tilgan yo'ldagi voqealar, taassurotlar esda qolarli bo'ldi. Bunda o'zimning oz bo'lsada hissamni qo'shganimdan xursandman. 

O'zining poziciyasidagi eng kuchli uch futbolchi

Bu borada fikr bildiradigan bo'lsam, Jaloliddin Masharipov, Diyor Turopov va Doston Hamdamovlarni aytishim mumkin. 

O'tgan o'yinlarda nima etishmayotgan edi?

Masalan, "Qo'qon-1912" bilan o'yinda g'alabaga juda yaqin kelgandik. Ko'p uchrashuvlarda g'alabaga bo'lgan ishonch etishmayapti deyishim mumkin. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin o'zimizga kelishimiz qiyin bo'lmoqda. Bu esa kamchiliklarimizdan biri hisoblanadi. O'zimizga kelib olishimiz uchun bizga vaqt kerak. Hozirda futbolchilarning har birini jamoadagi o'rni bor. Barcha jamoalarda avlodlar almashinuvi jarayonida pasayish va ko'tarilish davri bo'ladi. Bizda ham shu jarayon ketmoqda. 

Hojiakbar Alijonov bilan bir jamoada to'p tepish qanday bo'larkin?

Akam bilan bir klubda to'p tepish yoqadi. Agarda bir-birimizga qarshi maydonga chiqadigan bo'lsak juda havotir bo'ladi. Ammo, maydonga chiqqanimizdan keyin barcha hissiyotlarni unutishimiz kerak. Bo'lmasa akam ham, men ham o'z o'yinimizni ko'rsata olmaymiz. Albatta, ular doim xato va kamchiliklarimni aytib to'g'ri yo'l ko'rsatib turadilar. Hattoki, bir-birimizga qarshi o'ynasak ham.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика