So’nggi yangiliklar

12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  38 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4

Hisoblanmagan gollar va bahsli chetlatishlar - Superliga 14-turidagi hakamlik xususida Yangiliklar

Hisoblanmagan gollar va bahsli chetlatishlar - Superliga 14-turidagi hakamlik xususida

Ekspertimiz tomonidan hakamlar chiqargan qarorlar tahlil qilib berildi.

Hakamlar bo'yicha ekspertimiz, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref" Telegram kanali asoschisi) Superliganing 14-turida ro'y bergan bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

1. "Surxon" – "Olimpik" 



Penalti to'g'ri belgilandi. "Olimpik" hujumchisi to'pga birinchi tegdi, shundan so'ng darvozabon uni yiqitdi. Hujumchi tomonidan simulyaciya alomati yo'q. To'p qoidabuzarlik vaqtida o'yinda edi, shuning uchun hakamning qarori to'g'ri.


2. "Surxon" – "Olimpik" 




 

Ikkinchi sariq kartochka to'g'ri ko'rsatilgan. Taktik qoidabuzarliklarni baholashda qoidani buzgan futbolchi hisobga olinmaydi. Himoyachi xavfli hujumni ("4 ga 2") buzib qo'ygan deb hisoblanadi. Bu umidli hujumning buzilishi va haqqoniy sariq kartochka.


3. "Surxon" – "Olimpik" 






"Surxon" hujumchisining harakatlarida simulyaciya va hakamni aldashga urinish yaqqol ko'ringan. Qaror to'g'ri qaror chiqargan, ammo simulyaciya uchun ogohlantirmagan.


4. "Paxtakor" – "Dinamo"





Epizod mutlaqo tushunarsiz. "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilanishiga hech qanday sabab ko'rmayapman. Takrorlar vaziyatni aniq baholashga imkon bermayapti. O'yinchilar o'rtasida minimal teginishlar bo'lgan. Agar VAR'da faqat shu takroriy lavha mavjud bo'lsa, men o'yinga aralashish uchun hech qanday asos ko'rganim yo'q.


5. "Paxtakor" – "Dinamo"




 

Katta ehtimol bilan hakam o'zaro kurashayotgan ikki futbolchi bilan yuzaga kelgan holatda teginishni umuman ko'rmagan. Menimcha, oyoqlar bilan bog'liq qoida buzilishi bor, lekin bu jarima maydonchasi tashqarisida sodir bo'ldi. "Paxtakor" foydasiga jarima zarbasini belgilash va "Dinamo" futbolchisiga istiqbolli hujumni buzgani uchun sariq kartochka ko'rsatish kerak edi.


6. "Paxtakor" – "Dinamo"



 

Nazarimda, golning bekor qilinishi – xato. UEFAning bu boradagi so'nggi tavsiyalari quyidagicha: har bir teginish ham fol emas. Albatta, O'zbekistonlik hakamlarga beriladigan tavsiyalarda bunday bo'lmasligi mumkin, ammo Rossiya va Evropada bunday gol hisoblanardi. To'p uchun kurashda minimal teginish qoidabuzarlikka sabab bo'la olmaydi.


7. "So'g'diyona" – "Bunyodkor" 




VAR qarori to'g'ri. O'yindan tashqari holat bor, hamma narsa chiziqlar orqali aniq ko'rinmoqda. Pas qaerga ketayotgani muhim emas, asosiysi, o'yinchilarning pas oldidan egallab turgan joyi.


8. "So'g'diyona" – "Bunyodkor" 



 

"Alyo, ref!" kanali ko'pchilik ekspertlarning fikricha, hakam sariq kartochka ko'rsatishi mumkin edi. O'yinchi birinchi navbatda to'pga o'ynagani muhim, u tomonidan qo'shimcha harakat yoki atayin qilingan qo'pollik yo'q edi. "Kontakt" pastda ro'y berdi. Ammo qizil kartochka ko'rsatish uchun ham mezonlar mavjud (butsa ochiq qismi bilan qo'pollik qilish, jarohat etkazish ehtimoli).


9. "Qo'qon-1912" – "Neftchi"



 

Penalti to'g'ri belgilandi. Qo'qonlik himoyachining qo'li odatiy holatda emas va tana hajmi sezilarli darajada kengaytirilgan.


10. "Qo'qon-1912" – "Neftchi"




 

"Neftchi" futbolchisi to'p uchun kurashmasdan qo'pol qoida buzilishiga yo'l qo'ygan. Butsa ochiq qismi bilan to'pni o'ynashga harakat qilmagan, aksincha, raqibni tizzasiga zarba bergan. Qoidabuzarlik to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq. Qaror to'g'ri qabul qilingan.


11. "Qo'qon-1912" – "Neftchi"



 

Bu gol hisoblanmasligi kerak edi. "Qo'qon-1912" futbolchilari qoidabuzarlik joyidan 6-7 metr masofada jarima zarbasini amalga oshirishdi. Hakam standartdan so'ng darhol hushtak chalishi va o'yinchilardan to'pni to'g'ri nuqtadan o'yinga kiritishni so'rashi lozim edi. SHu bilan birga, agar kartochka ko'rsatilmayotgan bo'lsa, hujum qiluvchi tomon hakamning hushtagini kutishi shart emas. Darvozaga bevosita yaqin joyda qoidabuzarlik sodir bo'lgan bo'lsa, to'pni aynan o'sha erga qo'yish kerak.


12. "Nasaf" – "Navbahor"



 

Hakamning qaroriga qo'shilaman: "Nasaf" futbolchisi to'p uchun kurashgan, sirpangan holda "podkat" tashlangan (parvoz fazasi yo'q edi), "kontakt" pastki qismda sodir bo'lgan. Bu qizil kartochka emas.


13. AGMK – "Metallurg"



 

"Alyo, ref!" kanali ekspertlarining fikricha, bu qoidabuzarlik sariq kartochkaga tortadi. AGMK futbolchisi dastlab to'pga o'ynagan, u tomonidan qo'shimcha harakat yoki atayin qilingan qo'pollik yo'q edi. "Kontakt" nuqtasi – pastki qism. O'yinchi tomonidan ortiqcha kuch yoki tajovuz ishlatilmagan. Hakam qizil kartochka ko'rsatib, xatoga yo'l qo'ygan.


Bonus: "Paxtakor" – "Dinamo"

Ushbu epizod uchrashuv videolavhasidan o'rin olmagan. Bizningcha, "Dinamo" futbolchisi sariq kartochkaga loyiq edi. SHuni takidlash kerakki, hakamning harakatlarida izchillik yo'q. Bu o'yinda hakam "Paxtakor" futbolchisiga xuddi shunga o'xshash qoidabuzarlik uchun sariq kartochka ko'rsatgan, ammo boshqasida bunday qilmagan.  




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика