So’nggi yangiliklar

09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  3 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8

Hindistonlik jurnalist: "O'zbekistonga qarshi uchrashuvda ko'proq hujum qilamiz" Yangiliklar

Hindistonlik jurnalist: "O'zbekistonga qarshi uchrashuvda ko'proq hujum qilamiz"

O'zbekiston terma jamoasi 2-tur bahsini Hindiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Biz esa Doha shahrida Hindiston terma jamoasining ishtirokini yoritish uchun kelgan hindistonlik jurnalistlaridan O'zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv haqida fikr oldik.

"Hindiston terma jamoasi ikkinchi tur bahsini O'zbekistonga qarshi o'tkazadi. Avstraliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan katta saboq chiqardik degan umiddaman. Hindiston birinchi turda himoyaviy o'ynadi. Biroq O'zbekistonga qarshi uchrashuvda o'yin rejamiz ancha o'zgarishiga shubham yo'q. Ikkinchi turda ko'proq hujum qilishimiz aniq, sababi mag'lub bo'lishga xaqqimiz yo'q. O'zbekiston terma jamoasida yarim himoya va hujumda muammolar borligi Suriya qarshi uchrashuvda yaqqol sezildi. Suriya darvozasini ishg'ol eta olmagan O'zbekiston, Hindistonga qarshi yanada kuchliroq bosim ostida o'ynaydi. Hindiston ushbu jihatlardan foydalanib O'zbekiston terma jamoasini mag'lub etishga harakat qiladi" - dedi "Mathrubhumi" gazetasi muxbiri Kassim Siraj.



"O'zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqishga asosiy favoritlardan biri. Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi aytib o'tganidek O'zbekiston juda yaxshi shakllangan jamoa. Avstraliyaga qarshi dastlabki 50 daqiqa faqat himoyalangan Hindiston, O'zbekistonga qarshi ham xuddi shunday uslub qo'llasa kerak. Ammo Igor Stimach 2-turda faqat va faqat natija uchun maydonga chiqishi aniq" - deya fikr bildirdi "Sportstar Hindu" sayti jurnalisti Nil Bhatacharjiy.

Abdulvosit Bektemirov yozib oldi

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика