So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  15 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  22 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

Hindiston mo'jizasi - 2 yohud OTJ Osiyo chempionatida! Endi nima bo'ladi? Yangiliklar

Hindiston mo'jizasi - 2 yohud OTJ Osiyo chempionatida! Endi nima bo'ladi?

Futbolimizga jonini beradigan muxlislarimiz Bangladeshdagi inqirozdan so'ng, salkam matematika fanlari doktori bo'lib ketdilar.

Jurnalistlar ham ulardan qolishmadi. Avval to'plar nisbatini hisoblab chiqdik, keyin boshqa jamoalar ishtirokidagi guruh o'yinlarini kuzatdik. Hisob kitoblar avjiga chiqqan bir pallada, barchasi bizning zararimizga xizmat qildi. Lekin qor ko'chishi oqibatida tog'dan qulayotgan alpinist kabi tog'dagi eng so'nggi najot nuqtaga ilinib oldik. Ammo bu bilan qor ko'chkisi tugamagan edi. Ilinib turgan alpinistni kichik shamol esishi erga qulatishi mumkin edi. Lekin unday bo'lmadi, balki muxlislarning tuni kun tilagan omadi, kattalarimizni qilgan duosi ijobati o'laroq bugun Iordaniya O'zbekistonga qo'l cho'zib uni halokatdan qutqarib qoldi. Bu bilan u, hozircha Markazdagi o'zgarishlarni ham to'xtatdi. Bu yaxshimi yoki yomon quyida o'qiysiz. Muhimi bizda yana RIO-2016ga chiqish uchun imkoniyat paydo bo'ldi va biz unga futbolchilarning mahorati, murabbiyning topqirligi, markazning ajoyib ishi natijasida emas, odatdagidek, ikkinchi guruhdagi natijasi qarab erishdik. Bundan esa uyalishimiz kerak, ha uyalishimiz!

ASHURMATOV “NAVBAHOR”DAN ERTAGAYOQ KETISHI KERAK!
Keling endi har bir nuqtaga birma-bir yondoshsak. Ashurmatov uchun ikki jamoaga bosh murabbiylik qilishi ortiqchalik qilgani bugunga kelib o'z isbotini topdi. O'z paytida ko'plab maqolalarimda Qosimovdan yo “Bunyodkor”ni, yo MTJni tanlashi kerakligi haqida yozganman. Bugun esa Ashurmatovdan shu narsani so'ragan bo'lardim. Agar OTJda yana murabbiy almashadigan bo'lsa, bu hisobdagi to'rtinchisi bo'ladi. SHundoq ham futbolchilar yilma-yil turli o'zgarishlarni boshidan kechiraverib charchab ketdilar. Aksiga olib “Navbahor”ning ham bu yilgi ishi ko'ngildagidek emas, boisi Baxtiyor Ag'zamovich klubga 2014 yilgi mavsumdagi kabi etibor qarata olmayapti. Qatardagi OK tayyorgarlik bosqichi jarayonida endi yana yig'inlar o'tkazilinadi, terma jamoaga nomzod futbolchilarni esa har birini birma-bir kuzatish kerak. Bular bilan rosmana shug'ullanish uchun “Navbahor”ni chetga surish kerak, bu ishlar bilan shug'ullanish jarayonida esa o'z-o'zidan klub iztirob chekadi. Qolaversa, Osiyo chempionati 2016 yilning dastlabki oyida,  oliy liga klublarining ayni mavsumga hozirlik ko'rayotgan payti bo'ladi. Demak-ki, kamida dekabrda yig'in boshlaydigan olimpiya terma jamoasi ustozi sifatida Ashurmatov 2 oydan ortiq vaqtni klubga ajrata olmaydi. Bunday paytdagi eng yaxshi yo'l - Ashurmatov uchun ham, terma jamoa va “Navbahor” uchun ham bu - ISTE'FO!

SELEKCIYA!
Eng og'riqli nuqtamiz. Toki biron bir futbolchi o'z jamoasi safida asosiy tarkibga tushmas ekan, unga OTJda joy yo'q. Birinchi liga azolariga esa bu ushalmas orzu. Bu narsa bugun muammoga aylanmadi, avvaldan shunday.  Bugun oliy ligada ko'zga tashlanib qolgan Pavlenko va Alibaev kecha shunday o'ynab qolmagan bo'lsa kerak? Nega uni yillar davomida selekcionerlarimiz ko'rmadilar, Markazda selekciya bo'limiga kim javob beradi va u nima uchun bu futbolchilarni ko'rmadi? Javohir Sohibov YOTJ azosi, agar uning salohiyati OTJdagi futbolchidan ham yuqori bo'lsa, nima uchun uni yoshlar tarkibidan olib OTJga qo'ymaslik kerak? Umuman olganda, bu 3 futbolchidan tashaqari yana o'nlab futbolchilarni ko'rmay qolyapmiz. O'z paytida Mirzo Ulug'bek biron bir texnika vositasiz, oddiy durbinda yulduzlarni ko'ra olganida, biz juda katta imkoniyatlar bilan ko'z oldimizda yugurib yurgan qora ko'zlarni ko'ra olmayapmiz. Bu ish emasda endi.  Birgina Tohir SHamsitdinovning o'rniga futbolchi topa olmadik. Aynan shu tarkib Turkiyada bo'lib o'tgan JCHga ketayotganida, “turist” maqolasini yozgan edim. Agar zaxirangizdagi futbolchi ham JCHga mos bo'lsa, siz hech ikkilanmay u bilan yo'qotishingizga echim bera olishingiz mumkin.
Tarkibga etibor bering, BAAda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati va Turkiyadagi JCHda qatnashgan futbolchilarning o'zginasi. Aytarli o'zgarish yo'q. Biron bir yig'inga yo'l olayotgan terma jamoamiz, 1 oy avval klublarga mazkur futbolchilarning ro'yxatini beradi va aytilgan vaqtga terma jamoa ixtiyoriga etib kelishini qayd etishadi. Futbolchi 100% o'ziga ishonadi, u oliy ligada o'ynay oldimi yo'qmi farqi yo'q, terma jamoadagi joyi aniq. Bu raqobat degan narsalar bor. Raqobatni begona futbolchi, meni terma jamoaga oling deb yuzaga keltirishmaydi-ku! Buning uchun bosh murabbiy, yordamchi murabbiy va selekcioner dastur asosida faoliyat olib borish kerakmi?
Terma jamoaga Ahmadjon Musaev boshqarganida u kishi ham terma jamoada, ham  “Lokomotiv” yoshlari bilan faoliyat olib bordi. Keyin SHuhrat Maqsudov, u kishi ham MTJ, ham OTJda. Undan keyin Ashurmatov... Ko'rib turganingizdek, bir murabbiy bor etiborini to'liq bu terma jamoaga qaratmagan. Natijalarning tushib ketishida ularning ham ayblari bor. Agar biz bironta ishni oxirigacha maromiga etkazib bajarishni istasak, bundan buyon bu kabi ishlarga nuqta qo'yishimiz kerak. Etar muxlislarimizni, boshqa guruhga qarab hisob-kitob qilishlari. Kalkulyatorni ham quvvati tugab bitdi shekili.


ZERIKKAN FUTBOLCHILAR...
Balki etar ikki haftalik yig'inlarni davomiy tarzda tashkil etish? OTJga ham MTJ kabi etibor beraylik, bo'ldi. Mayli ikki oyda bir chet elga 3 kunga borib bitta jiddiy raqibga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib kelishsin. O'zbekistonga chaqirishsin raqib, lekin ikki hafta BAAda, ikki hafta Turkiyada. Futbolchilar qachon o'z klublari bilan shug'ullansin. Tan olish kerak, Qatardagi musobaqaga yo'l olganimizdan “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Olmaliq”, “Bunyodkor”  va “Neftchi” kabi klublarimizning murabbiylari u qadar xursand bo'lmadilar. To'g'rida, endi jamoamni shakllantirdim deganida ikki haftalik yig'in. Asosiy tarkibda o'ynab turgan aksar futbolchilar yig'in davomida zaxira o'rindig'ini tozalab qaytadilar. SHundan keyin eng yosh futbolchi debyutini oliy ligada 22-23 yoshida amalga oshiradi. O'z paytida biz SHerzod Karimov, Sanat SHixov, Sunnatilla Mamadaliev, Islom To'xtaxo'jaev kabi futbolchilarni mana shu yig'in deb yo'qotdik. To'g'ri, ular hozirda o'z klublarida etakchilar, lekin terma jamoadachi? Asl maqsad MTJmi? Eron, Janubiy Koreya va Yaponiyani ko'rganmisiz, yoshlar, o'smirlar yoki olimpiya terma jamoasi uchun kuyib-pishib ishlashlarini? Agar oliy liga va terma jamoa o'rtasidagi ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa, ular o'z-o'zidan olimpiadaga ham, JCHga ham chiqadilar. Etibor bering, yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqalarda asosan arablar va biz muvaffaqiyat qozonyapmiz. Lekin kattalar o'rtasidagi JCHda na biz, na arablar chiqa olmayaptilar. Bobur Davlatovga saralash o'yinlari uchun “Rubin” ruxsat bermadi. Agar bizda bironta klub o'z huquqini talab qilib ko'rsin, muxlisu mutaxassislar uni yurtga xizmat qilmaganlikda ayblab chiqadilar. Yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi 10ta JCHdan bitta katta JCH yurt shani va mamalakat futbolini 10 baravarga oshirib yuboradi. Aslida bizdagi istedodlardan kelib chiqib, to'g'ri selekciya qilinsa, ikkinchi tarkib bilan ham muvaffaqiyatga erishsa bo'ladi. Avvalo oliy liga klublari jabr ko'rmasligi kerak, zero, ular MTJ manfaati yo'lida ishlasinlar.


SIZGA MUKOFOT KERAKMI?
Endi yigitlar sizlar ham oppoq emassizlar. Vatan uchun o'ynaymiz degan gaplarni faqat intervyuda emas, amalda, yurakdan his qilib bajarish vaqti kelmadimi? To'g'ri hammasi emas, ammo oddiy o'rtoqlik o'yinlariga kelayotganda ham, “premiya” bor ekanmi deydiganlar yo'q emas. Mukofot pulini klubda ishlab top baraka topgur, bu Vatan jamoasi-ku, bu terma jamoaga unga intila-intila futbolchilik faoliyatini tugatib yuborgan qora ko'zlarning ko'zi bilan qaragin, shunda uni naqadar ulug' ekanligini tushunib etasan. Bangladeshga bordingiz, sharoitni ko'rdingiz? Hayotda bunday holatda yashashga rozi bo'lmaysiz, shunday ekan O'ZBEKISTON degan yurtni ko'zingizga surtishga majbursiz, xalqning ishonchini suistemol qilmasligingiz kerak, ko'chada ko'rgan kishi sizni o'z qahramoni sifatida ko'rsatsin, yosh bolalar rasm darsida suratingizni chizsin. Yaxshigina yodimda, maktabda o'qib yurgan kezlarim Ronaldo, SHackix va Geynrix kabi yulduzlarni tinmay daftarimga chizib o'tirardim. CHunki ular mening qahramonim edilar. Gazetalarda chiqqan suratlarini qirqib olib esdalik uchun yig'ardim. Sizning shunday muxlisingiz bormi? Yaxshilab o'ylab ko'ring, buni tanqid sifatida emas, sog'lom tanda bir o'ylang. Mukofot bu pul emas. Asl mukofot bu xalqning olqishi!

MARKAZDA O'ZGARISH BO'LADIMI?

Yil boshida bo'lib o'tgan yig'ilishda saytimiz vakili Xayrulla Xoliqovning “agar terma jamoamiz RIO-2016 yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa...”, - degan savoliga O'FF prezidenti Mirabror Usmonov “barchasini bo'shataman”, - deya qisqacha va aniq javob bergan edilar.
Lekin Markaz rahbari ketdi ham deylik, uning o'rniga kim bo'ladi? Bu bilan Tolibjonov shu lavozimda doimiy ishlasin degan fikrdan yiroqman, ertami kechmi uning o'rniga kimdir keladi, bu hayot qonuni. Lekin o'sha kishi, bugungi ichki imkoniyatlardan kelib chiqsa kim bor? Mana shu savol meni qiynayapti, yangi rahbar tayinlandi ham deylik, lekin ishchi guruh o'sha-o'shaku!? Markaz va PFLning bugungi holatiga faqat rahbarlari aybdormi, yo'q albatta. Alisher Nikimbaev deyishingiz mumkin. Ichki imkoniyat deganda u kishini inobatga olmadim, bu kishi allaqachon O'zbekistondan tashqarida faoliyat olib boryapti. Yana bir malumot, kuni kecha suhbatlashganimda OK-2019 tashkiliy qo'mitasidan chorlov bo'lgani haqida aytdilar. Katta extimol bilan Qatardagi JCHda ham ishlaydilar. Bunday musobaqalarga tashkilotchilari kamida 4 yil tayyorgarlik ko'radi, bu degani Alisher Nikimbaevni 2022 yilga qadar professional va hamma narsasi joy-joyiga qo'yilgan ishi bor.
Oliy liga klublarida o'ynash orqali MTJga o'tiladi, lekin huddi shunday, viloyat futbol federaciyalarida ishlab turib markaz va PFLga o'tishi mumkin va u erda zamonaviy ishni yo'lga qo'ya oladigan birorta vice-prezident yo'q! Agar bunday kishilar bo'lsa, allaqachon Mirabror Usmonov uni jalb qilgan bo'lardi, bunga yaqqol misol Oybek Kasimov. Toshkent shahar futbol federaciyasi vice-prezidentligidan O'zbekiston olimpiya qo'mitasining bosh kotibligiga ko'tarila oldi. Qolgan vice-prezidentlar g'oyalar bilan kelish o'rniga, yilda bir bo'ladigan majlislarda, yaratilgan sharoitlar uchun rahmat aytib ketishdan boshqasiga bormayapti. Afsuski, bu achchiq haqiqat! Viloyatlarga borsangiz, bolalar futboli .... Keling, shundoq ham kasalxonadaman, asabimni buzmay.

IORDANIYA - QUVAYT O'YINI BOSHLANMASDAN AVVAL YOZILGAN MAQOLA
Balki ishonmassiz, ammo Iordaniyani mag'lubiyatga uchrmasligini bilgan edim. Yuqorida aytib o'tdim, saralash o'yinlari BAAning Al Ayn shahrida bo'layotganligi uchun, uni bevosita kuzatayotgan Alisher Nikimbaev bilan har kuni xabarlashib turdik. Iordaniya qanday o'ynayapti, Quvayt qanday. 2-tur yakuniga etgach Alisher aka iordaniyalik hamkasblaridan Quvayt bilan qanday o'ynashlari bilan qiziqdi. Ular kelishuv bo'lmasligi va barchasi “feyr pley” asosida o'tishi haqida aytib o'tdilar. SHu va yana boshqa detallardan kelib chiqqan holda terma jamoamizni saralash baxslaridan “o'tib” olganini bildim va maqolani, sizlarga tezkorlik bilan o'yin tugashi hamonoq, issig'ida berishni maqul ko'rdim. Hozircha shular, markaz bu ishlardan qanchalik to'g'ri xulosa chiqardi va keyinchalik o'z ishiga boshqacha yondoshadimi yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi, hozircha kamida 2016 yilgacha birgamiz. Omon bo'ling, ota-onangiz uchun sog' bo'ling, futbolni emas ko'proq ularni seving! Farzandlaringiz uchun sog' bo'lishga majbursiz! Asabingizni buzish orqali sog'liqni yo'qotsangiz, ularni na sevgan jamoangiz, na kumiringiz deb bilgan futbolchingiz boqmaydi. Qo'shnilarimiz, Qirg'izistonga rahmat aytish yoddan chiqibdi...

“Koment” qoldirishdan avval ehtiroslarga berilmang!


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика