So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  2 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  5 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Hindiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi: "Vetnam va O'zbekistonga qarshi uchrashuvlar bizning taqdirimizni hal qiladi" Yangiliklar

Hindiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi: "Vetnam va O'zbekistonga qarshi uchrashuvlar bizning taqdirimizni hal qiladi"

Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga ikkinchi saralash bosqichi doirasida o'tkazilgan Yaponiya - Hindiston (7:0) uchrashuvidan so'ng Hindiston ayollar terma jamoasi jamoasi bosh murabbiyi Tomas Dennerbay matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Biz bugun dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynashimizni bilar edik. Yaponiya shunchaki ajoyib jamoa. Ular dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Yaponiyalik futbolchilar har taraflama kuchli. Ularning texnikasi va maydonni ko'ra bilish qobiliyati shunchaki dahshat. Birinchi bo'limda tartibli himoyalandik va bir nechta hujum ham uyushtirdik. Himoyaga tayanib o'ynashimiz aniq edi. Ikkinchi bo'limda esa raqib himoyamizni yorib o'tdi. Biz ikkinchi taymning dastlabki 10 daqiqasida 4ta gol o'tkazib yubordik. Hisob qanday bo'lishidan qatiy nazar bugungi o'yinimizdan xursandman. Keyingi uchrashuvlarda maksimal ochko to'plashga harakat qilamiz.

- Yaponiya terma jamoasining kuchiga hech kim shubha qilmasligi aniq. SHunday kuchli raqibga qarshi, jamoangiz birinchi taymda juda tartibli himoyalandi va bor yo'g'i bitta gol o'tkazib yubordi. Ikkinchi bo'limda esa 6ta gol o'tkazib yubordingizlar. Ikkinchi bo'limda futbolchilaringizga nima bo'ldi? Ular charchab qolishdimi?

- Yaponiyaga qarshi o'ynayotganingizda siz 90 daqiqa to'liq intizomli o'yin namoyish etishingiz kerak. Ruhiy tomonlama ham o'yinga tayyor bo'lish kerak. Siz hujumga chiqqaningizdan so'ng darrov orqaga qaytishingiz kerak va shunday tempda 90 daqiqa o'ynaysiz. Bu oson vazifasi emas. Mening fikrimcha ikkinchi taymda ruhan sindik va shu sababdan gollar o'tkazib yubordik. Rostini aytsam Yaponiyaga qarshi uchrashuvni qanday kechishi oldindan sezgandim. Vetnam va O'zbekistonga qarshi uchrashuvlar bizning taqdirimizni hal qiladi. Biz keyingi uchrashuvlarga etiborimizni qaratishimiz kerak.

- Jamoangiz ko'p hujum qilmagan bo'lsa ham, biroq uchta yaqqol golli vaziyatga ega edi. Bugun jamoangiz gol urishiga nima etishmadi?

- Ha, bizda bir nechta golli vaziyatlar bor edi va biz ulardan foydalana olmadik. To'g'risi Yaponiya darvozasiga gol ursak o'yin yanada qiziqroq kechar edi, ammo bizning golimiz o'yin natijasiga katta tasir o'tkazmas edi. Biz bor yo'g'i 6ta gol o'tkazib yuborgandik bo'lar edik. Yana bir marotaba takrorlayman keyingi turlarda taqdirimiz hal bo'ladi. Keyingi uchrashuvlarda bor salohiyatimizni namoyish etishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика