So’nggi yangiliklar

08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  0 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  2 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1

Himoyasizlarni "talash" osonmi? Yangiliklar

Himoyasizlarni "talash" osonmi?

Kecha Superliga 14-tur qoldirilgan uchrashuvi doirasida "Olimpik" jamoasi "Nasaf"ni qabul qildi.

Uchrashuv qarshiliklarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. O'yinning 66-daqiqasida (hisob 0:0 payti) Siddiqovning pasidan keyin Abdixoliqov boshi bilan gol urib hisobni ochdi. Lekin, to'p Siddiqovga kelgunga qadar o'yin qoidasi buzilgan edi. "Olimpik" azosi Anvar Alijonov to'pni qabul qilib olmoqda, "Nasaf" vakili Murod Rahmatov esa Alijonovning ortidan kelib uni yiqitgan holda to'pni olib qo'ydi. Yani, to'p va Rahmatov orasida raqib futbolchisi bor edi, "ajdarlar" futbolchisi o'sha epizodda to'pga umuman tegingani ham yo'q. Bosh hakam Xushnudbek Suyunboev golni inobatga oldi, lekin VAR dagi hakamlar u bilan muloqotga kirishidi va monitor yoniga chorlashdi. VARda Ilgiz Tantashev o'tirgan edi. O'zbekistonning ayni paytdagi birinchi raqamli hakami Tantashev bosh hakamga o'sha epizodda fol qayd etilganini aytdi, Suyunboev esa o'zidan anchagina tajribali hamkasbining fikrlarini bir chaqaga ham olmadi. O'zFHM o'sha daqiqalardagi bosh hakam va VAR dagilar muloqotini ommaga elon qilarmikin? Menimcha, yo'q. Elon qilsa yaxshi bo'lardi.


"Championat.Asia"ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) "Olimpik" - "Nasaf" o'yinida mehmonlarning birinchi gol urilgan vaziyatini tahlil qildi.

- Menimcha, fol bor edi. "Olimpik" o'yinchisi birinchi bo'lib to'pga o'ynadi. "Nasaf" futbolchisi esa to'pga tegmadi. U "elka" va biroz belga harakat qildi, Natijada, "Olimpik" o'yinchisi muvozanatni yo'qotdi.

Ideal holatda darhol folni qayd etish kerak edi. Ammo, VAR ham etarli darajada rakurslar bo'lgan taqdirda vaziyatga aralashishi va golni bekor qilishi mumkin edi.


Hisob 0:0 bo'lib turgan va maydonda ochko uchun "jang" ketayotgan pallada Bosh hakam qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va uchrashuv natijasiga to'g'ridan-to'g'ri tasir ko'rsatdi. Buning badali nima bo'ladi? Suyunboev xato qilmagan bo'lib chiqadimi yoki xato qildi deb topilib bir nechta turga hakamlik (yoki Superligadagi hakamlik)dan chetlatiladimi? Buni endi O'zFHM xulosasi chiqqanda bilib olamiz.

Joriy mavsum "Olimpik" ishtirokidagi o'yinlarda ikki nafar hakam Superligada debyut qildi. Bular: Sardor Ismatullaev va Nikita Mustafin. Ismatullaev 2-tur doirasidagi "Olimpik" - "Lokomotiv" uchrashuvidagi qo'pol xatolaridan keyin vaqtincha chetlatilgan edi (o'shanda uning chetlatilganini ovoza qilishmagan).

Bundan tashqari, To'rabek Suyunov uchun "Qizilqum" - "Olimpik" (1-davra) bahsi Superligadagi 4-o'yin bo'lgan. Dostonbek Rahmonov uchun "Lokomotiv" - "Olimpik" (2-davra) bahsi Superligadagi 3-o'yin, Xushnudbek Suyunboev uchun esa "Olimpik" - "Nasaf" uchrashuvi Superligadagi 4-o'yin bo'ldi.

"Championat.asia"ning ruscha versiyasini yurituvchi yigitlar 1-davradan keyin hakamlar qaysi jamoalar foydasi va zarariga eng ko'p xato qilishgani statistikasini yig'ib chiqishgan edi. Unga ko'ra, Superliga joriy mavsumi 1-davrasida aynan "Olimpik" zarariga hakamlar eng ko'p 10 marta xato qilishgan. Undan keyingi o'rinda "So'g'diyona" zarariga 8 marta xato va "Surxon" zarariga 7ta xato. Foydasiga hakamlar xato qilishi borasida esa "Lokomotiv" (11ta) va "Qizilqum" (8ta) boshqalardan oldinda. Qizig'i, bu borada "Paxtakor" foydasiga 1-davrada hakamlar birorta ham xatoga yo'l qo'yishmagan. "Olimpik" foydasiga esa 5ta xato qilingan. Klub foydasi va zarariga yo'l qo'yilgan xatolar tafovuti -5 va bu borada ham "Olimpik" eng jabrdiyda jamoa.


Nega aynan "Olimpik" zarariga hakamlar qolganlardan ko'proq xatoga yo'l qo'yishmoqda? "Olimpik"ni himoya qiladigan hech kim yo'qligi uchunmi? Muxlislari yo'qligi uchunmi? Debyut qilishi kerak bo'lgan yoki kam o'yinni boshqargan tajribasiz hakamlar to'g'ri kelib qolsa "Olimpik" o'yinlariga qo'yilaveradimi? Kecha xato hammada uchrab turadigan texnik xato emas, ko'rib bilib turib yo'l qo'yilgan xato bu. Butun boshli bitta jamoaning shu o'yingacha qilgan mehnatini havoga uchirib yuboradigan xato.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика