Nihoyat, B. Fernandesh penaltini golga aylatirolmadi
18 okt 2020 01:52
Yangiliklar


Nihoyat, B. Fernandesh penaltini golga aylatirolmadi
Ayni paytda APLning 5-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" uchrashuvi davom etmoqda.
LIVE APL. "Nyukasl" - "Manchester Yunayted" 1:3 (matnli translyaciya)
Mazkur o'yinning 57-daqiqasida bosh hakam Kreyg Pouson "qizil iblislar" forvardi Markus Reshfordga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin penalti belgiladi.
To'p oldiga yaqinlashgan Brunu Fernandesh 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi – darvozabon Karl Darlou zarbani bartaraf qildi.
SHu tariqa portugaliyalik futbolchi MYU tarkibiga qo'shilganidan beri birinchi bor penaltidan unumli foydalana olmadi. U bunga qadar "qizil iblislar" safida 10 marta penalti tepgan va barchasini golga aylantirgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar