Henderson "Al Ittifoq" bilan kelishuvga erishdi
13 iyu 2023 21:52
Yangiliklar
Henderson "Al Ittifoq" bilan kelishuvga erishdi
Jordan Henderson "Liverpul"dan "Al Ittifoq"ga o'tishga rozi bo'ldi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, “Liverpul” sardori Saudiya klubi taklifini qabul qilgan. Tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan.
Bugun Henderson Yurgen Klopp bilan gaplashib, murabbiydan klubini almashtirishga ruxsat oldi.
Endi kelishuv "Liverpul" va "Al-Ittifoq"ga bog'liq — ular transfer summasini hal qilib olishlari kerak. Ingliz klubi yarim himoyachini tekinga qo'yib yuborishni istamaydi.
Oldinroq “Al Ittifoq” Jordanga “Liverpul”dan 4 barobar ko'p maosh taklif qilgani xabar qilingandi. Ingliz klubi yarim himoyachi uchun 10 million funt so'ragan.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum "Liverpul" safida 43 ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar