So’nggi yangiliklar

01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  4 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  11 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  20 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  100 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0

Hech kim qo'lga kiritishni istamagan sovrin: Nomzodlar elon qilindi Yangiliklar

Hech kim qo'lga kiritishni istamagan sovrin: Nomzodlar elon qilindi

Bu sovrin Italiya CHempionatida eng yomon o'ynagan, o'zini ko'rsata olmagan va kutilgan natijani berolmagan futbolchiga topshiriladi.

Yaqin kunlarda Italiyada “Oltin unitaz” mukofoti uchun nomzodlar ro'yxati elon qilindi. O'z vaqtida “Spartak” o'yinichisi Luis Adriano bu mukofotga “sazovor bo'lgan”. Bu borada braziliyalik Adriano etakchi hisoblanadi. O'z iqtidorini yuzaga chiqara olmagan “Imperator” uch marta ushbu sovrin laureatlari qatoriga kiritilgan. Bugun esa bu mukofotni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan “omadli” futbolchilar bilan tanishamiz.

Andre Silva “Milan”

Portugaliya termasi hujumchisi “Milan”ning eng qimmat o'yinchilaridan biri bo'la oldi. Unga yaxshigina haq to'lashganiga qaramay, Andre ko'p narsada o'zini ko'rsatolmadi. Silva Evropa Ligasining 14ta bahsida 8ta gol urdi. Biroq Italiya chempionatida unga omad etishmadi, chog'i. Sababi, 24ta uchrashuvda bor yo'g'i 2ta gol urdi va yoshgina raqibi Patrik Kutronedan ortda qolib ketdi. Hozirda Andre “Sevilya” ijarachisi hisoblanadi. U o'z jamoasini topgan ko'rinadi, chunki Silva klubning 12ta bahsida darvozani 8marotaba ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

Nikola Kalinich “Milan”

Kalinich “Fiorentina”da ajoyib o'ynar edi va bu bilan ko'pgina muxlislarning muhabbatiga ham sazovor bo'lgan. Yangi rahbariyat rejalarini inobatga olsak, "Milan"ga o'tish to'g'ri qarordek edi. Tajribali forvard jamoaga ko'nikishi uchun ko'p vaqt kerak emasdi. Lekin xorvatiyalik bu borada biroz qiyinchilikka duch keldi. Mavsum so'ngidagi statistikaga ko'ra, Nikola 6ta gol urdi va 5ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi. Biroq, undan ko'prog'ini kutishgan edi. U ko'p bora jarohat oldi va “Milan”ning bir nechta o'yinlarida ishtirok etolmadi. SHu sababli, u ham Silva kabi Kutronedan ortda qolib, yozda “Atletiko”ga o'tib ketdi.


Dalbert "Inter"

Braziliyalik lateral “Nicca”da ajoyib mavsumni o'tkazdi. “Neradzurrilar” ham uzoq vaqtgacha uni o'z saflariga qo'shib olish payida yurdilar. Oxir-oqibat francuzlar engildi, lekin Dalbert sarflangan harajatni hali oqlagani yo'q. Jurnalistlar Spalettidan nega u braziliyalikni maydonga tushirmayotgani borasida qayta-qayta savol beraverib qiynab yuborishgandi. Murabbiy esa har safar bir iloj qilib javobdan qochishga urunardi va barchasiga shunchaki Enrike optimal sport formasida emasligini sabab qilib keltirardi. Dalbert 13ta o'yinda ishtirok etdi, lekin yaxshi natija ko'rsatolmadi. Braziliyalik yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin edi, biroq bahslarda o'zini ko'rsatolmadi. Lekin “Inter”da qolishni afzal ko'rdi va bor mahoratini ishga solishga urindi. Dalbert bu mavsum A Seriyaning 5ta bahsida ishtirok etib, golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi. Uning raqibi Asamoa juda kuchli o'yinchi. Biroq u qolgan imkoniyatlaridan unumli foydalana oladi deb umid qilamiz.


Patrik SHik “Roma”

Jeko bo'la turib, “Roma” yana katta summaga futbolchi sotib olgani avvaliga g'alati tuyulgandi, lekin Monchi jamoasiga doim iqtidorli futbolchilarni olib kelishga harakat qilgan. SHik esa “Sampdoriya”da ajoyib o'ynagandi. Ammo, u birinchi mavsumda yuqori natijalarga erisholmadi. U 22ta uchrashuvda atigi 2ta gol urdi. Mavsum davomida SHik boshqa jamoaga ijaraga berib yuborilishi haqidagi gaplar paydo bo'la boshlagandi. Ammo “Sampdoriya” darvozasiga urilgan gol barchasiga chek qo'ydi. SHunga qaramay, Patrik kelajagi haqida yaxshilab o'ylab ko'rishi kerak. Aks holda, faoliyati uzoqqa cho'zilmasligi va yuksalishdan to'xtab qolishi hech gap emas.


Marko Pyaca “Yuventus”

Xorvatiyalikning ko'p ishlarda omadi kelmayapti. Masalan, “Dinamo”dan “Yuve”ga o'tishi unga hech qaysi tomonlama yaxshi bo'lmadi, ammo bunda uning umuman aybi yo'q. Sababi, Dibala, Mandjukich, Kuadrado va Bernardeskidek futbolchilar bilan raqobatlashish osonmas. Bundan tashqari, u bir necha bor jarohat ham oldi. Qishda Germaniyaga bo'lgan safari ham biroz omadsiz keldi va boshqa jamoaga ijaraga ketish uchun ham ortga qaytdi. Hozirda Pyaca “Fiorentina” tarkibi faoliyat yurityapti. Biroq, asosiy tarkib uchun bo'lgan raqobatda engilmoqda.


Greguar Defrel “Roma”

“Sassuolo”dagi omadli mavsumdan keyin franciyalik Rimga ketdi, biroq u erda ortiqcha bo'lib qoldi. Eusebio Di Franchesko hech qanaqasiga uning poziciyasini topolmadi. Defrel qanotda o'ynay olmasligi aniq edi. Hujumda esa Jekoning o'rniga tushishi haqida gap-so'z bo'lishi mumkinmasdi. Greguardan joker sifatida foydalaniladi deb tahmin qilingandi. Franciyalik “Roma” tarkibida 1tagina gol urdi. “Sampdoriya” esa vaziyat foydalanib, uni bir mavsumga ijaraga oldi va bundan afsuslangani yo'q. CHempionat vaqtida Defrel genuyaliklar hisobiga 6ta gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.    


Danilo “Udineze”

Umuman olganda, braziliyalik himoyachi bu ro'yxatga tushib qoldi ekan deb hayron bo'lgandirsiz. Sababi oddiy: u butun mavsumni omadsiz o'tkazdi va ko'p xato qildi. To'g'ri, Danilodan aqlbovar qilmas natijani ham kutishmagandi. U avtogollar urmasdi, aksincha bir marta raqib darvozasini ishg'ol qildi. Yozda u “Udineze”ni tark etib, “Bolonya”ga o'tib ketdi. Hozirda u asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi. U yuqori darajada o'ynayotgani yo'q. Biroq muntazam ravishda maydonga tushib, samarali o'yin ko'rsatmoqda.      


Aristotel Romero “Krotone”

Venesuelalik himoyachining ajoyib tarzda faoliyat yuritadi. U jamoasini tez-tez o'zgartirishni yaxshi ko'radi. U o'z yurtida 5 marotaba klubini almashtirib, 22ta gol urgan. “Akulalar” hujumda o'ynaydigan sifatli futbolchi oldik deb xursand bo'lishgandi. Ammo 6ta o'yindan keyin hammasi yaqqol namoyon bo'ldi. Romero ularning talablariga javob bermay, A Seriyada o'ynay olmadi. SHunday keyin, Aristotel qishda Sloveniyaga jo'nab ketdi va u erda yaxshi natijani qayd etdi. Kuzda esa “Krotone”ga borib, B Seriyada o'ynash uchun biroz vaqtga uyga qaytib keldi.



Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика