So’nggi yangiliklar

07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  2 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  1 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  6 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  8 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  12 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12

Hech bir klubda bunchalik o'zgarish bo'lmadi. O'zingiz ko'ring: "Atletiko"ni tanib bo'lmayapti Yangiliklar

Hech bir klubda bunchalik o'zgarish bo'lmadi. O'zingiz ko'ring: "Atletiko"ni tanib bo'lmayapti

"Atletiko" yulduzlari "Barselona", "Siti". "Bavariya" va "Inter"ni kuchaytirdi, ammo "matraschilar" oldingidanda qiziqarliroq jamoaga aylanishi mumkin.

"Atletiko" bu yozda sotuvlar bo'yicha etakchiga aylandi.


1. "Atletiko" - 311,1 mln. evro

2. "Benfika" - 172 mln. evro

3. "CHelsi" - 119 mln. evro


Qisqacha malumot

Antuan Grizmann → "Barselona" (120 mln. evro). Mavsumlar oralig'idagi eng shov-shuvli mojaroga sabab bo'lib, "Atletiko"ni juda xunuk tark etdi.


Lukas Ernandes → "Bavariya" (80 mln. evro). Tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylandi. "Liverpul" van Deykni 78,8 mln. evroga sotib olgandi.


Rodri → "Manchester Siti" (70 mln. evro). Ispaniyalik tayanch yarim himoyachisini Gvardiola sotib olishni istadi va "Siti" shartnomadagi tovon pulini to'lab berdi. "Atletiko" hech narsa qila olmadi.


Jelson Martinsh → "Monako" (30 mln. evro). "Atletiko"da o'ynab keta olmadi, qishda ijaraga berildi va Franciyada top futbolchi ekanligini ko'rsatdi. O'sha erda qoldi.


Lusiano Vetto → "Sporting" (7,5 mln. evro), Bernard Mensa → "Kayserispor" (3,6 mln. evro). Ularning ketganini hech kim payqamadi.


Diego Godin → "Inter" (erkin agent). Klub bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmadi, tuzukroq shartlar bilan boshqa klubga yo'l oldi, ammo mojarolarsiz. Xayrlashuv matbuot anjumanida yig'lab yubordi.


Filipe Luis → erkin agent. Uning shartnomasi yakunlangan. Himoyachi "Atletiko"da bir mavsum qolishi uchun kichik umid bor. Biroq katta ehtimol bilan vataniga qaytsa kerak.


Asosiy tarkibning olti futbolchisi jamoani tark etdi, ularning ikki nafari etakchi edi. Ular bilan xayrlashish "Atletiko" top darajadan tushganini bildiradi, ammo:


1. Simeone qoldi

2. Klub yangilanmoqda


"Atletiko" - xarajatlar bo'yicha dunyoda uchinchi.


"Real" - 303 mln. evro

"Barselona" - 237 mln. evro

"Atletiko" - 221,5 mln. evro

"Borussiya" - 127,5 mln. evro

"Sevilya" - 123,5 mln. evro


Qiziq, bu 5ta klubning 4tasi Ispaniyadan. Ro'yxatda birorta ingliz yo'q.


Qisqa malumot

Joau Feliks ← "Benfika" (126 mln. evro). Megaiqtidorga ega portugaliyalik forvard. Hozircha bu yozning eng qimmat futbolchisi.


Markos Lorente ← "Real" (30 mln. evro). 24 yoshli tayanch yarim himoyachisi "Qirollik klubi" asosiy tarkibiga kira olmadi. "Atletiko"da esa u maydonga tushuvchilardan biri bo'ladi. Yigitcha uchun yaxshi variant va "Atletiko" zaxirasini kuchaytirishning yaxshi yo'li.


Felipe ← "Portu" (20 mln. evro). Iqtidori kech namoyon bo'lgan tajribali markaziy himoyachi. Felipe 27 yoshida Braziliyadan Portugaliyaga kelgan, shu sababli narx past. Agar 23-24 yoshda bo'lganida "Portu" 60 mln. evrodan ko'proq so'ragan bo'lardi.


Renan Lodi ← "Atletiko Paranaense" (20 mln. evro). 21 yoshli qanot himoyachisi chap qanotdagi barcha joylarda o'ynay oladi. "Atletiko" Lodi uchun kurashda "Zenit"ni mag'lub etdi. "Matraschilar" bu joyga yana bir futbolchini sotib olsa kerak. Masalan, "Portu"dan Aleks Tellesni.


Ektor Errera ← "Portu" (erkin agent). Juda foydali bitim. "Atletiko" Rodri o'rniga ikki futbolchi sotib oldi (Lorente va Errerani) va 50 mln. evro foydada qoldi. Markazda Saul, Koke va Tomas borligini hisobga olsak, tarkib yanada kuchaydi deyish mumkin.


Kiran Tripper ← "Tottenxem" (25 mln. evro). "Atletiko"da o'ng qanot himoyachisi poziciyasi bo'sh qolayotgandi, biroq madridliklar tezda bu muammoni bartaraf etishdi. Tripper so'nggi mavsumda o'zini ko'rsata olgan himoyachilardan biri.


Bu bilan transfer kampaniyasi yakunlangani yo'q. "Atletiko" xaridlarni amalga oshirishda davom etadi, jamoada pul etarlicha. Hozir sotuv va xarid o'rtasidagi farq +89 mln. evroni tashkil qiladi. Ular bu pullarni bemalol sarflashlari mumkin.


Tez orada yana bir markaziy himoyachi - "Espanol"ning 24 yoshli futbolchisi Mario Ermoso xaridi haqida elon qilinishi mumkin. U o'tgan mavsum ijara asosida "Espanol" sharafini himoya qilgan. Baquvvat himoyachi.


Jamoada kuchaytirish kerak bo'lgan bitta joy qoldi:

YULDUZ


Yulduz. Feliks - qimmatbaho futbolchi, ammo 19 yoshda faqat Mbappegina asosiy yulduz bo'ladi. Oblak, Saul, Koke - bular ham yulduz, ammo yangilangan "Atletiko"ga yangi top futbolchi kerak.


Ayni damda deyarli barcha poziciyalarda futbolchi etarli, ammo yulduz "Atletiko"ning o'tish davrini tezlashtirishi mumkin. Xames yoki Dibala darajasidagi o'yinchilar transferni yakunlash uchun ideal variant bo'ladi, biroq bu ikki futbolchi ham "Atletiko"ga o'tmasa kerak.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика