Haydarov gol urdi, lekin “Al-SHabab” finalga chiqa olmadi
20 jan 2016 12:44
Yangiliklar
Haydarov gol urdi, lekin “Al-SHabab” finalga chiqa olmadi
Osiyo CHempionlar ligasi “pley-off” bosqichidagi raqibimiz – “Al-SHabab” klubi Dubay derbisida “Al-Ahli”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi – 2:3.
46-daqiqasida “Al-SHabab” vakili braziliyalik Joning goliga “Al-Ahli”ning senegallik legioneri Musa Sov 71, 79 va 83-daqiqalarda o'z “xet-trik”i bilan javob qaytardi. 86-daqiqada Azizbek Haydarov penaltidan gol urib, hisobni qisqartirishga erishdi. Oradan ko'p o'tmay, “Al-SHabab” yana bitta penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Biroq bu safar nuqtaga yaqinlashgan Enrike Luvannor zarbada adashdi.
SHu tariqa, bitta uchrashuvdan iborat yarim final bahsida “Al-Ahli” futbolchilari 3:2 hisobida g'alaba qozonishib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Endi hal qiluvchi bahsda Kosmin Olariu shogirdlari “Al-Vahda” klubi bilan kuch sinashishadi.
19.01.2016
Liga kubogi, yarim final
“Al-SHABAB” – “Al-AHLI” 2:3 (0:0)
Gollar: Jo 46 (1:0), Musa Sov 71 (1:1), Musa Sov 79 (1:2), Musa Sov 83 (1:3), Azizbek Haydarov 86 penalti (2:3)
CHetlatish: Muhammad Qosim 74
Noaniq penalti: Enrike Luvannor 88
“Al-SHabab” tarkibi: 18.Abdulla Salim, 3.Muhammad Ali, 4.Muhammad Marzuq, 7.Azizbek Haydarov, 9.Jo, 10.Karles Vilyanueva, 11.Enrike Luvannor, 15.Dovud Ali (29.Abdulrahim Xusayn 76), 22.Mani Ali, 25.Muhamad Qosim, 26.Hassan Ibrohim (77.Rashid Hassan 88)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar