So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Hasanboy Ergashev: “Oltiariqda “Paxtakor”ga oson bo'lmaydi” Yangiliklar

Hasanboy Ergashev: “Oltiariqda “Paxtakor”ga oson bo'lmaydi”

O'zbekiston Kubogining 1/8 bosqichiga tashlangan qura marosimidan keyin ayrim jamoalarning etakchi futbolchilari bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini eshitmoqdamiz.

Pro-liganing debyutanti “Iftixor” O'zbekiston Kubogining nimchorak finalida Superliga vakili Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi. Farg'ona viloyati, Oltiariq tumanida kechadigan bo'lajak uchrashuv oldidan mezbonlarning etakchisi Hasanboy Ergashev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ertaga chempionat doirasida safarda “G'ijduvon”ga qarshi o'yinimiz bor. SHuning uchun kecha yo'lda bo'lib, TV orqali qura marosimini ko'ra olmadik. Keyinchalik Kubokdagi navbatdagi raqibimiz haqida xabar topdik. Endi nimchorak finalda, mamlakatimizning bayroqdor klubi – “Paxtakor”ga qarshi maydonga chiqamiz. Mazkur bosqich o'yini ham bitta bahsdan iborat bo'lishini inobatga olib aytadigan bo'lsak, o'z uyimizdagi uchrashuvni ijobiy tomonga hal qilsak bo'ladi. Yaxshi bilasiz, vodiydagi o'yinlarda mehmon jamoaga oson bo'lmaydi. Muxlislarning bosimi ham katta o'rin tutadi. SHu bois hozirdan bemalol aytishim mumkinki, “Paxtakor”ga Oltiariqda oson bo'lmaydi. CHunki stadion tribunasi muxlislar bilan to'lib-toshishiga shubha yo'q. Haqiqiy anshlag bo'lishi turgan gap. Ishqibozlarimizning qo'llab-quvvatlashi natijasida ham raqibni mag'lub etishimiz mumkin. Hozirdan “Paxtakor”ga tayyorgarlikni boshlab yubordik.

- Kubokda nimchorak finalda, “Neftchi” bilan o'ynashimizni kutgandik. Lekin ular “Qo'qon-1912”ga qarshi to'p suradigan bo'ldi.

- Bizda yangi jamoa tuzilgan. SHu bois jamoaviy o'yin ham asta-sekin shakllanmoqda. Ko'z tegmasin yigitlar hozir bir-birlarini ancha yaxshi tushunmoqda.

- CHempionatdagi maqsadimiz o'z guruhimizda 1-o'rinni egallash. Kubokda ham har bir o'yinda g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan – deydi Hasanboy Ergashev.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика