Hasanboy Ergashev: Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartira oldik
19 okt 2016 13:50
Yangiliklar
Hasanboy Ergashev: Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartira oldik
O'tgan haftada G'uzorning SHo'rtan jamoasi o'z uyida Andijonni qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdan so'ng mezbonlar himoyachisi Hasanboy Ergashev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Yaxshi, qiziqarli o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda maydonda teng kurash kechdi. Ikkinchi taymda esa vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartira oldik. Tabiiyki o'z uyimizda o'ynaganimiz bois maydonga g'alaba uchun chiqqandik. Andijon ham yaxshi jamoa ekan. Agarda hisob 0:0 bo'lib turgan vaziyatda ularda yuzaga kelgan imkoniyat gol bilan yakun topganida, uchrashuv umuman boshqacha tus olardi deb o'ylayman. Yaxshihamki o'sha vaziyatda darvoza ustuni bizni muqarrar goldan qutqarib qoldi. So'ngra biz ikki marta gol urib, g'alabani rasmiylashtirdik. Albatta muxlislarimizni xursand qilganimizdan mamnunmiz - deydi Hasanboy Ergashev.
"Andijon" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar