So’nggi yangiliklar

16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  1 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  2 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1 14:24Кейлор Наваснинг "Монца"га трансфери барбод бўлди  1 13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  7 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  6 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  2 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  7 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  3

Hasanali ota: Aliboev (so'nggi qism) Yangiliklar

Hasanali ota: Aliboev (so'nggi qism)

So'nggi paytlarda futbol o'yinlariga kelishni kanda qilmayotgan, 70 yosh ostonasida turgan Hasan ali ota saytimiz bilan hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini aytib o'tdilar.
Hasan ali otaning uslubi haqida ko'pchilik biladi. Uzoqdan olib keladilar, "agar sizlarga maqul kelsa saytingizda chop eting", dedilar. Albatta biz bunga qarshi emas edik. Demak, Hasan ali otaning uzundan-uzun maqolalarini qismlarga ajratgan holda chop etamiz.

(1-qism)

(2-qism)

(3-qism)


9.  QO'MSANISH NOSTALGIYA EMAS.
YA.L.S. 
Vy pravilno vspomnili moy vozrast. My slojilis kak bolelshhiki davno i nashi molodye gody proshli v Sovetskoe vremya. I togda lyudi xoteli jit bogato, udobno, komfortno. No lyudi stremilis k poznaniyu, k sovershenstvu v vybrannoy professii. Oni etim gordilis. Gordilis ne bolshimi dengami. Togda smyslom jizni ne bylo nakopitelstvo. Uvajali nachitannyx lyudey, uchyonyx i lyudey blizko znayushhix iskusstva i konechno, lyudey silnyx duxom. Seychas, ne skryvayas, uvajayut bogatyx lyudey. Stremyatsya byt bogatymi. Imet vo vsyom materialnuyu vygodu stalo simvolom vremeni. Ranshe byvali sluchai ustupki svoey ocheredi na kvartiru bolee nujdayushhemusya sosedu. V nashe vremya sostradanie k blijnemu, bednomu cheloveku obedinyalo lyudey v dobryx delax. Seychas stremlenie lyudey k bogatstvu razedinyaet ix. Kajdyy ozodachen svoey jiznyu. Kajdyy stremitsya ozolotit svoyu konuru. Kajdyy mechtaet bystree usadbitsya. CHem oni xuje Nikolasa Keydja ili Mirjalola Kasymova.

Futbol obedinyal lyudey v edinoe soobshestvo bolelshhikov na ideyax klubnogo patriotizma, nevziraya na ix  raznoe imushhestvennoe polojenie v obshestve. Oni, absalyutno neznakomye mejdu soboy lyudi, radovalis vmeste, gorevali vmeste. V kajdom matche “Paxtakor” byl zapolnen do krayov i proxodov. Daje  na igry dublya prixodili bolelshhiki i zapolnyali pol-stadiona. Ideya futbola osnovana na kollektivizme, na soperejevanii drugomu, na patriotizme. Seychas takix bolelshhikov vidishh vsyo menshe i menshe. Seychas, kogda sostradanie k blijnemu ushlo v proshloe, bolelshhikam vygodno stalo bolet ne stradaya, no s azartom Evrofutbolu izdali, lyoja na divane. Seychas boleyut bez boli v dushe. Bez soperejivaniy. Poetomu mnogim iz vas moi stradaniya iz-za polojeniya del v Uzbekskom futbole kajutsya neestestvennymi, poddelnymi, ne nujnymi, nikchemnymi.  
Teper naschyot moix “umnyx” vyskazyvaniy. My prixodim na stadion  i pokupaem tovar, duxovnyy tovar. I ocenivat etot tovar doljen kajdyy potrebitel. Futbol igraetsya ne dlya specialistov, funkcionerov i sponsorov.  Futbol igraetsya prejde vsego dlya naroda. Kogda Ali-aka proektiruet i stroit basseyn gde-to za Nanaem, ego trud vidyat i ocenivayut neskolko chelovek. Futbolnuyu igru smotryat vo vsyom Uzbekistane. I vse imeyut svoi ocenki. Esli moi sujdeniya v korne otlichayutsya ot sujdeniy specialistov, i ot mneniy Utkurdjana, eto ne govorit o moyom “umnichanii”. Eto normalnoe, futbolnoe yavlenie.

10. MAYOR RAHMATOV HAQIDA.   

O.B.
Suhbatimiz ikki kishining orasidagi gaplar ichida chuvalashib qolmasin. Mavzuga qaytaylik. OK va JCH saralash o'yinlari oldidan termamizga zamin bo'la oladigan to'rtta jamoalar o'yini va termamizning kechagi karislar bilan bo'lib o'tgan “jang”  haqida gapiramiz deb edik, suhbat esa, faqat “Lokomotiv” haqida bormoqda.

H.Q. Mavsum boshida Abrorjon Qodirov “Lokomotiv”ning matbuot kotibi edi. Meni shaxsan o'zi o'yinlarga taklif qilardi. Keyin Hayrilla Xoliqov matbuot kotibi bo'lgach, u ham har bir o'yinga meni taklif qilmoqda. Olmaliqqa ham u bilan birga borib keldik. Eronga qarshi kegan o'yinni ham stadionda ko'rib qaytdim. O'yinni TV orqali ko'rib bir fikrga kelib bo'lmaydi. Maydonni o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz kerak. “Paxtakor” stadioniga tushgan edim. “Neftchi” kelgan edi. Uch xalqa milicionerlar to'sig'idan o'tib bordim. Hamma joyda xaltamni ochib, tekshirib (titkilab) o'tkazishdi. Uchta yo'nalishdan Kinoteatr yonidagi bitta yo'nalish ochiq. U erda ikki darvozadan bittasi ochiq. Uning ham bittagina temir to'sig'idan o'tib bordik. Atayin ishqibozlarni bir joyga yig'ib ulardan olamon yasashdi. Stadion poyi darvozalaridan faqat bittasi ochiq. Uning ham bittagina tabaqasi bir kishi kiradigan qilib qiya ochilgan. Olomonni yig'ib o'sha erda o'nta milicioner ishqibozlarni turtib-surtib  “xizmat ko'rsatishmoqda”. Olomon meni surib darvoza temiriga siqib qo'yishi tayin. Beyjigim bo'lgani uchun jurnalistlar tomon bu erdan nari ketdim. U erda bundan battarini ko'rdim. Mayor Rahmatov jurnalistlarni, televidenie xodimlarini tahqirlab haydab chiqarmoqda edi. U aytgan xaqorat so'zlarni bu erda keltirmay qo'ya qolay. Uyga qaytib ketmoqchi ham bo'ldim.

Butun dunyoda ishqibozlarga ko'ngillilar hizmat ko'rsatishadi. Ularni valontyor deyishadi. Policiya xodimlarini stadionlarda umuman ko'rmaysiz. Bizda ishqibozning 90 foizini potencial jinoyatchi deb hisoblashadimi deyman,  shuning uchun stadionlarda miliciyalarning to'siqlariga duch kelamizmi, deyman. Nima uchun ishqibozlarga miliciya xodimlari “xizmat ko'rsatishadi”, bilolmadim. Ishqibozlar miqdori ikki stadionda bir xilda oz  bo'lsa-da, “Lokomotivda” bunday tahqirli ahvolni  ko'rmaysiz.

Bu yil “Nasafning” o'yinini maydonda o'z ko'zim bilan ko'rmadim. U haqda bir nima yozishim qiyin. “Bunyodkorga” borolmayotibman. Lushanning qilayotgan ishlari men uchun ham juda qiziqarli.
   

11.  OCHIQ ESHIK OLDIDAGI GAPLAR.

O'. J.
Ko'p yuzerlar to'rtta jamoamiz o'ynab birontasi guruhdan chiqolmaganidan ko'ra bittasi qatnashib yarim yoki chorak finalga chiqqani maqulroq bo'lardi, deb yozishgan edi.
   
H.Q. Bunga mutloq qo'shilmayman. To'rtta jamoalarimiz bilan xalqaro o'yin turnirlarida, OCHL sinovidan o'tib ko'rdik. Futbol o'yinimizning, murabbiylarimiz mahoratining Osiyo ko'zgusiga qarab qandayligini bilib oldik. Jangni yutqazib, dumini qisib uyga kirib ketgan ko'ppak ahvoliga tushdi to'rtta jamoamiz. Termamiz ham SHimoliy Koreyadan shunday qaytib keldi. Endi asl basharamizni unutib, G'uzorlik Hazorlikni yutib Yaypanlik oldida gerdayib yurishi qanchalar hunuk holat ekanligini ko'r ham ko'rmoqda, so'qir ham.

Qosimov Eron termasiga uyda, SHimoliy Koreyaga safarda yutqazib, barchaga ahvolimizni ko'rsatib qo'ydi. Bular o'zbek futbolida muhum voqea, muhum ko'rik bo'ldi. Bu o'yinlar ham biz uchun kamlik qiladi. Jamoalarimizning xomiylaridan iltimos qilaman. Klublaringiz ishtirokida xalqaro, sovrinli mini turnirlar tashkil qilib bering. Bunday to'rtta ishtirokchi qatnashgan kichik turnirlarning klubingiz o'yin ravnaqi uchun foydasi beqiyosdir. Masalan, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “O'rdabasi” va “Rubin” ishtirok etuvchi turnir to'rt kun ichida TTZ va CHilonzor stadionlarida bo'lib, qiziqarli o'tishi mumkin. 5 kunlik yig'inda terma murabbiyi o'yinni to'g'ri tashkil qilgani bilan o'yinchilar malakasini, ularning o'yin tafakkurini oshira olmaydi. CHempionatimizni kuchaytirib, klublarimiz o'yin ahvolini yaxshilasak, futbolimiz ham, termamiz saviyasi ham yuksaladi. Biz esa, qozonda borini yaxshilamasdan JCH-2018ga bormoqchimiz.  

Markaziy Osiyo Liga o'yinlari hali-beri tashkil etilmaydi deb o'ylayman. Haligacha Markaziy Osiyo davlatlarining futbol chempionatlarini OAVda yoritmaymiz ham. Bo'lajak Markaziy Osiyo kubogi, bo'lg'usi Markaziy Osiyo Klublar Ligasi o'yinlari haqida gapirmaymiz ham. Hamma jim. Go'yo OFK Markaziy Osiyo futbol uyushmasini tashkil etmaganday, bu borada sukunat cho'mgan. Tushunmadim. Markaziy Osiyo futbol eshiklari lang ochildi. Ichkariga kirmay ostonada jim turibmiz. Tag'in o'n yil odob bilan shu erda sukut saqlaymizmi?

Umidim klublarimiz homiylarida. Rivaldo, Vilanueva, Trifunovich, Ristich, Pishur va boshqalar bilan OCHLda yarim finalgacha borgan bo'lsak-da, bu o'yinlar  futbolimiz rivojiga hech qanday xissa qo'shishgani yo'q. Qani ular? Ular yaratgan o'yin qani? Ular ham, o'yin ham yo'q. Izsiz yo'qolib ketishdi. O'zimiz bosgan qadam bilan etib kelgan Berdiev, Lushan o'yinlari  izsiz yo'q bo'lib ketishmaydi. SHunday ekan, bu yilgi OCHLdagi o'yinlarimizni eslab, ularni sharmandali mag'lubiyatlar deb emas, ibratli janglar deb baholaylik. Bunday jangovar turnirlarni ko'paytiraylik. “Lokomotiv” rahbariyati shunday sovrinli, kichik,  jangovar turnirni birinchilardan bo'lib tashkil qilib bersa, yaxshi bo'lardi. Orzu qilib qolaman.   
   
O.B. Ishqibozchilik shunaqa. Gap tugamaydi.  Bugungi davra suhbatimiz cho'zilib ketdi.

H.Q. Vaqt tezda o'tib ketibdi. Hamma narsada meyor kerak. SHu erda, Eron bilan bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinini stadionda ko'rib, SHimoliy Koreyaga qarshi o'yinni TVda ko'rib, bir hol bo'lib qolgan bo'lsak-da, gapni qisqa qilib suhbatni yakunlaymiz.  Futbolimiz o'sib-unsin, ravnaq yo'liga kirsin, termamiz keyingi o'yinlarni yutsin. Stadionda uchrashguncha omon bo'laylik. Davrani keng olib, davron suraylik.   

XOTIMA O'RNIDA
Bir oz hastaligim tufayli harakatlarim sekinlashib ketgan emasmi,  Yasha-akamlar tez-tez yurib ketib qolibdilar. Kuzatib qo'ya olmadim. Ular hamon tetiklar. Xozir Burchmulladan narida, Boltau qishlog'i yonida islom davridan avvalgi qabristonni ochdilar? U erda qazishma ishlarini olib borishmoqda. O'tkurjonning gaplariga etiroz bildirar ekanlar, kipriklari uchiga bir tomchi yosh ingan edi. Xozir qariyaning ko'z yoshlari sel bo'lib oqqanidan, hech kim ko'rmasin deb, tezroq yurib ketgandurlar.

Yo'q, ular hissiyotga berilmaydilar. Ishlari ko'p bo'lganidan tez ketib qolganlar. Baribir har qanday metin odam ham bundayin etti yot begonadan emas, o'z safdoshidan nadomatga qolsa, eziladi-da kishi. O'tkurjon takidlaganidek, u jurnalist bo'lgach, ko'pchilik ishqibozlar nomidan, ularning nuqtai-nazaridan savollar berib turdi. O'z nomidan emas. Buni Yasha-aka tushungandur. Rtveladzega yurtdosh, kasbdosh bo'lsalar-da, o'sha mashhur kishi kabi, yarim asrdan beri o'lkamizda er qazisalar-da ilmiy ish yoqlamaganlar. Balkim, futbolga ishqiboz bo'lganlari uchundir. Nanaydan yo So'qoqdan bo'lsayam “Transpotrniyga” o'yin ko'rgani etib keladilar. Hayrilloning taklifi bilan o'yindan so'ngi matbuot anjumaniga ham yaqindan beri kiradigan bo'ldilar. Futbol “munajjimi” bo'lmasam-da meni ham anjumanda qatnashishga chorladilar. Sababi oddiy. “Lokomotiv” o'yinlari tugagach, ikki tomon kotiblaridan boshqa bironta jurnalist anjumanda qatnashmagan kunlar ko'p bo'lmoqda. Buning sababi, ularning oyligi kam emush. Bu dahshat emasmi, sharmandalik emasmi? Yasha-akamlar futboldan nima daromad ko'rmoqdalar, azazlarim.
 
Krasnickiy, Abduraimov, Pshenichnikov bir ikki marta Ittifoq termasiga chaqirilganida, An, Fyodorov, Xadzipanagislar Olimpiada termasining asosiy o'yinchilari bo'lishganida qanchalar quvongan edik. 70-yillar boksyorimiz Rufat Riskiev jahon chempioni bo'lib, 80-yillar Jamloiddin Abdujabborov velo-sportda jahonda oldinga o'tib tillarda doston bo'lishgan edi. Xozir o'z yurtimiz nomidan chiqib ko'plab sport turlarida jahon darajasiga chiqmoqdamiz.  Qanday hur zamonga etib keldik. Futbolimiz esa, Osiyo darajasigayam chiqa olmayotibdi. Futbolda qachonlardir o'z termamiz, o'z chempionatimiz, o'z chempionimiz bo'lishini oshkora orzu ham qila olmas edik-ku. Hususiy matbuot tushimizga ham kirmas edi-ku. Bu haqda pichirlash uchun og'iz ochmasingizdanoq palagingiz ham qurib ketar edi o'sha zamonlarda. Xozir shunday hur zamonga kelib, futbolimizni emas, futbolimizni yorituvchi jurnalistlarimiz ahvolini tushuna olmay hayronaman,  vayronaman. Jurnalist stadionga kelib futbol ko'rmasa, saytdan ko'chirib xabar yozsa, ortida turgan minglab ishqibozlarni deb murabbiyning fikrini o'zidan olmasa, buni qanday tushunish mumkin?   

Yuzerlar hushomadgo'yning maqtov tovushlariga, tarafkashlarning buyurtmaviy  toshday qattiq kesatiqlariga, xizmatini futbolimizga o'lchab beruvchilarning tezkor ko'chirma habarlariga o'rganib ketgan, bilaman. Bazida sog'lom, bazida bundayroq yurib,  bir soatlik maqolani yozaman deb bir hafta tugmakachni taqillatib zo'rg'a yozsam-da, o'quvchilarim atigi qirqta bo'lsa-da, baribir yoza beraman. Yoza beraman. Bir kishi uchun ham yozishga tayyorman. O'tmushda ko'rgan kechirganlarim xaqqi, ozodlik va hurriyat kunlaridan, unlaridan to'yib-to'yib nafas olay, undalib yashab qolay. Yozib qolay.  
 
Azizlarim, uzundan uzoq yozgan maqolamni o'qib, ko'z nuringizni ayamay o'qib,  ranji-diyda qilgan bo'lsangiz, meni kechiring. Endi ikkilanmay qo'ydim. SHunday kayfiyat bilan yashab, futbolni tomosha qilib yuribman.  
   
20.06. 2015.  Hurmat bilan, Hasanali-otangiz.
   

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика